Simmetriya (fizika)
Simmetriya (fizikada) — hodisalar, moddalar tuzilishi va ularning fizik xossalari, harakat va saqlanish qonunlarining ayrim almashtirishlarga nisbatan oʻzgarmay saqlanish (invariantlik) xususiyatini ifodalovchi tushuncha. Mas, qor uchquni yoki muzlagan oyna, barg yoki gul, kapalak yoki asalari uyasi, kristallar va boshqa tuzilishida qandaydir mutanosiblik, tartib, qonuniy takroriylik roʻy beradi. Ana shu takroriylik S. hisoblanadi. Fazo va vaqt S.lari mavjud. Fazo S.si — turli nuqtalar va yunalishlarda fazo xususiyatlarining uzgarmasdan saqlanishi. Turli nuqtalarda fazo xususiyatlarining bir xilligi fazoning bir jinsliligi, turli yoʻnalishlarda fazo xususiyatlarining bir xilligi esa fazoning izotropligi deyiladi. V a qt S.si energiya, harakat miqdori va harakat miqdori momentining saqlanish qonunlari bilan bogʻliq. Energiyaning saqlanish qonuni vaqtning bir jinsliligi bilan, harakat miqdori momentining saqlanish qonuni esa fazoning izotropligi bilan bevosita boglangan. Fizikadagi nisbiylik nazariyasini vaqt va fazo S. nazariyasi deb qarash mumkin.
S. tashqi vaichki shakllarda mavjud boʻlib, geometrik tasvirlar: nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik va boshqalarga nisbatan almashtirish qoʻllab, fizik hodisalar va qonunlar S.si tahlil etiladi. Bu hodisalar va qonunlar fazovaqtni uzluksiz va diskret almashtirishlariga, ayniy zarralarni oʻrin almashtirishlariga nisbatan simmetrik bulishi mumkin. Mas, faol moddasi ammiak NH3 bulgan kvant generatorida bir nechta ammiak molekulalari shu tipdagi boshqa ammiak molekulalari bilan almashtirilganda, generator chikarayotgan 1,24 sm li elektromagnit nurlanish parametrlari oʻzgarmaydi. Umumiy holda bir xil zarralardan tashkil topgan tizimni kvantmexanik tahlilida bir xil zarralarni urin almashtirishlarga nisbatan S.si ularni ayniylik prinsipiga olib keladi. Fazovaqtni uzluksiz almashtirishlar fizika qonunlarini fazo va vaqtning siljishiga nisbatan simmetrik boʻlishini bildiradi. Mas, Maksvell tenglamalari Lorents almashtirishlarigg nisbatan simmetrikdir. Fazovaqtni diskret almashtirishlar relyativistik kvant nazariyaning mahsuli boʻlib, yangi tipdagi S.ni kashf etdi. Bir vaqtda fazo inversiyasi (R), vaqt inversiyasi (T) va zaryad ishorasi oʻzgartirilishi (S) almashtirishlariga nisbatan fizik hodisalar qonunlarining simmetrikligini koʻrsatadi va SRT S.si deb yuritiladi. Elementar zarralar va maydonlar nazariyasi fizikasida oʻziga xos S. turlari: SU(3) — S, izotopik S, super S, rangli S, kalibrlangan S, dinamik S. va S.ning boshqa turlari kashf etilgan.
Adabiyot
tahrir- Lyaxovskiy V. D., Boloxov A. A., Gruppi simmetrii i elementarnie chastitsi, L., 1983; Cheng G. P., Li L.
F., Kalibrovochnie teorii v fizike elementarnix chastits, M., 1987.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |