„Simulyakrlar va Simulyatsiya“ (frans. Simulacres et Simulation) — fransuz sotsiologi va faylasufi Jan Bodriyarning 1980-yilda yozilgan asari boʻlib, unda Bodriyar reallik, timsollar va jamiyat orasidagi oʻzaro munosabatlarni tahlil qiladi. Asar 18 bobdan iborat boʻlib, ularning har biri mustaqil ijodiy ish sifatida koʻrilishi mumkin. Asarning epigrafi sifatida quyidagi ibora keltirilgan:

Umumiy maʼlumot
Muallif Jan Bodriyar
Turi Yozma asar
Janr sotsiologiya; postmodernizm
Original nashr
Nomi Simulacres et Simulation
Tili fransuzcha
Nashriyot Galilée
Nashr yili 1981
Betlar soni 235
ISBN 2-7186-0210-4
Inglizcha nashr
Nomi Simulacra and Simulation
Tarjimonlar Paul Foss, Paul Batton & Philip Beitchmann
Nashriyot Semiotext(e)
Nashr yili 1983
Betlar soni 164
ISBN 0-472-06521-1
Ruscha nashr
Nomi Simulyakri i simulyatsiya
Tarjimon A. A. Kachalov
Nashriyot Postum
Nashr yili 2015
Betlar soni 240
ISBN 978-5-91478-023-1, 978-5-386-07870-6

„Simulyakr — bu oʻzida haqiqatni yashirib yotuvchi narsa emas, — bu haqiqat yoʻqligini yashiruvchi haqiqatdir. Simulyakr — haqiqatdir.“

Ekkleziast

Asar boshida Bodriyar Xorxe Luis Borxesning „Fandagi aniqlik toʻgʻrisida“ hikoyasi syujeti yordamida bir oʻxshatish keltiradi. Bu oʻxshatishga koʻra, bir buyuk imperiyada xaritashunoslar ulkan, favqulodda aniq hamda oʻz imperiyalari chegaralari bilan tutashib ketuvchi xarita yaratadi. Imperiyaning boshqa hududlarni egallashi yoki boy berishi bilan xarita ham kengayib, torayib turar edi. Imperiya parokandalikka uchragandan keyin esa, aynan shu xarita imperiyadan yagona meros boʻlib qoldi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Baudrillard, Jean (1983) Simultions. Los Angeles, California: Semiotext(e). pp. 1-30. ISBN 978-0936756028