Sin (imperatorlar sulolasi)
Sin — Xitoydagi imperatorlar sulolasi (mil. av. 221—207). Asoschisi — Sin Shixuandi. Poytaxti — Syanyan sh. S. hukmronligi davrida Xitoy tarixida ilk marotaba markazlashgan davlat tuzilgan; mamlakat hududi 36 ta okrugga taqsimlangan, ularni imperator tomonidan tayinlangan amaldorlar boshkargan. Shimoliy va Janubida olib borilgan tinimsiz urushlar, Buyuk Xitoy devori va koʻplab saroylarning qurilishi soliqlarning koʻpayishiga sabab boʻlgan. Mil. av. 209-yil oxiri — 208-yil boshida mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni koʻtarilgan. Unga Chen Shen, U Guan, Lyuban va boshqa rahbarlik qilgan. Mil. av. 207-yil oktabrda Lyu Ban armiyasi Syanyanni egallagan, S. sulolasi tugatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |