Sin (podsholik)
Sin - Qad. Xitoy podsholigi. Mil. av. taxminan 10-asrda vujudga kelgan. Dastlab Chjou sulolasiga qaram boʻlgan. Uning tarki-biga hozirgi Shensi viloyatining garbi va shim.-gʻarbiy qismi, Gansuning sharqiy va Sichuanning shim. qismi kirgan. Chjango davrida (mil. av. 5-asrlar) Xitoyda Chjou monarxiyasidan mustakil boʻlgan 7 ta eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan. S.ning kuchayishi Shan Yan islohotlari bilan bogʻliq boʻlgan. Mil. av. 4-asr oʻrtalarida boshqa podsholiklar bilan kurash boshlangan va mil. av. 221 yilga kelib ular boʻysundirilgan. Buning natijasida markazlashgan S. imperiyasi barpo etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |