Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi (SIAC) Singapurda joylashgan notijorat xalqaro hakamlik tashkiloti boʻlib, hakamlik qoidalari va UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq arbitraj jarayonlarini boshqaradi. 1991-yil 1-iyul kuni tashkil etilgan bu hakamlik markazi avvalgi Bojxona Uyi oʻrniga tashkil etilgan Maksvell Chamberda joylashgan. Shu vaqtgacha[1] SIAC arbitraj qarorlari Avstraliya, Xitoy, GongKong, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Tailand, Buyuk Britaniya, AQSh, Vetnam va Nyu-York konvensiyasiga imzo qoʻygan boshqa davlatlar yurisdiksiyalarda ijroga qaratilgan. Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi bu jahon boʻylab tomonlarga kelib chiqqan nizolarni hal qilish boʻyicha xizmatlarini taqdim etuvchi xalqaro hakamlik muassasasi[2]. SIAC dunyodagi eng yaxshi hakamlik muassasasi sifatida roʻyxatga olingan[3][4][5].
Tarixi
tahrirSingapur Xalqaro Arbitraj Markazi 1991-yil 1-iyulda Singapur mustaqil va notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan.
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazining arbitraj qoidalari
tahrirSIAC qoidalari (6-nashr, 2016-yil 1-avgust) („SIAC qoidalari 2016“) SIACda arbitrajning asosiy qoidalari boʻlib, 2016-yil 1-avgustda kuchga kirgan. SIAC Qoidalari 2016 quydagi 3 ta — SIAC Qoidalari (5-nashr, 1-aprel 2013), SIAC Qoidalari (4-nashr, 1-iyul 2010) va SIAC Qoidalari (3-nashr, 1-iyul 2007) oʻrniga oʻtadi va oxirgi qoidalar jamlanmasi sifatida qaraladi[6][7][8].
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazining investitsiyalar boʻyicha arbitraj qoidalari
tahrirSingapur xalqaro arbitraj markazining Investitsiya boʻyicha arbitraj qoidalari (SIAC IA qoidalari 2017)ning 1-nashri xalqaro investitsiya boʻyicha hakamlik qoidalarini amalga oshirishda mavjud boʻlgan oʻziga xos masalalarni hal qilish uchun maxsus qoidalari toʻplami hisoblanadi. SIAC IA qoidalari 2017-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi[7][9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Why Arbitration? Why Singapore?“. Law Gazette, Singapore (2001-yil 1-avgust). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ „About SIAC“.
- ↑ „Singapore Named As Top International Arbitration Center“ (2021-yil 10-iyun).
- ↑ „SIAC is Most Preferred Arbitral Institution in Asia-Pacific and 2nd in the World“.
- ↑ „SIAC Remains a Popular and Attractive Arbitral Institution“ (2023-yil 24-aprel).
- ↑ „SIAC Arbitration Rules 2016“.
- ↑ 7,0 7,1 „SIAC Rules“.
- ↑ „India: Key Provisions Of Singapore International Arbitration Centre (SIAC)“.
- ↑ „SIAC IA Rules 2017“.