Singapur havo yoʻllarining 321-parvozi
2024-yil 21-may kuni Londondagi Heathrow aeroportidan Singapurdagi Changi aeroportiga rejalashtirilgan yoʻlovchi reysini amalga oshirayotgan, Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining Boeing 777-312ER samalyoti 321-reysi boʻyicha uchgan. Uning bortida 229 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Myanma osmonida kuzatilgan kuchli silkinishni boshdan kechirish oqibatida, 1 kishi halok boʻlgan, 104 kishi esa jarohatlangan[1]. Keyinroq samolyot Bangkokdagi Suvarnabxumi aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan[2][3][4][5]. Bu voqea Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining 2000-yildagi 006-reys halokatidan keyingi ilk halokatli parvozi sifatida tariflangan[1].
9V-SWM, halokatga uchragan samolyot, 2021-yildagi tasviri | |
Hodisa | |
---|---|
Sana | 21-may, 2024-yil |
Xulosa | Parvozdagi silkinis, tergov jarayonida |
Joylashgan joy | Myaungmya tumani, Myanmar osmonida |
Turi | Boeing 777-312ER[izoh 1] |
Operator | Singapore Airlines |
IATA reys raqami. | SQ321 |
ICAO reys raqami. | SIA321 |
Qoʻngʻiroq belgisi | SINGAPORE 321 |
Roʻyxatdan oʻtish | 9V-SWM |
Parvoz kelib chiqishi | Heathrow aeroporti, London, Birlashgan Qirollik |
Manzil | Changi aeroporti, Singapur |
Yoʻlovchilar | 229 |
Yoʻlovchilar | 211 |
Ekipaj | 18 |
Oʻlim holatlari | 1 |
Jarohatlar | 104 |
Omon qolganlar | 228 |
Samolyot
tahrirHalokatga uchragan samolyot foydalana boshlaganiga 16 yil boʻlgan Boeing 777-312ER boʻlib[izoh 1], 9V-SWM sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Samalyot ishlab chiqaruvchining seriya raqami – 34578 va qator raqami – 701. U ilk bor 2008-yilning fevralida parvoz qilgan va ikkita General Electric, GE90-115B dvigatellari bilan jihozlangan[6][7]. Samolyot Singapur havo yoʻllari kompaniyasiga 2008-yilda olib kelingan.
Halokat
tahrirBoeing 777-312ER 2024-yil 21-may kuni soat 07:49 UTC atrofida (mahalliy vaqt bilan 14:19)[8] Bangkokdan 360 dengiz mili (667 km; 414 milya) uzoqlikda, Myanmadagi Irravadi havzasi ustida kuchli silkinishga uchraydi[4][5]. Samalyot ekipaji aʼzolari va yoʻlovchilan nonushta qilayotgan bir vaqtda[9]yuzaga kelgan kuchli silkinish oqibatida, narsalar samalyot kabinasiga tushib keta boshlaydi[4][5]. Baʼzi yoʻlovchilar jarohatlanishning oldini olish uchun koʻmak beradigan"xavfsizlik kamarini bogʻlang" belgisi juda kech yoqilganligi haqida maʼlum qilishgan[10]. Kuzatuv maʼlumotlari toʻqnashuv vaqtida samolyot 37,000 fut (11,000 m) balandlikda boʻlganligini koʻrsatgan[11].
Bir yoʻlovchi halok boʻlgan, yana 104 kishi turli darajada jarohat olgan[1], ulardan 20 nafari reanimatsiyaga tushgan[12]. Yagona vafot etgan yoʻlovchi 73 yoshli britaniyalik erkak boʻlib, ayoli bilan sayohat qilish maqsadida ketayotgan boʻlgan. Kasalxonaga yotqizilgach[2] erkak yurak xastaligidan aziyat chekkan va yurak xurujidan vafot etgan, deya tahmin qilingan[4][5]. Jarohatlanganlar orasida oʻn besh nafar britaniyalik[1], oʻn ikki nafar avstraliyalik[13], toʻqqiz nafar malayziyalik[2], beshta filippinlik[14], toʻrtta yangi zelandiyalik, ikkita singapurlik va bitta gonkonglik yoʻlovchilar boʻlgan[12][15]. Ular orasida davolanishga yuborilgan eng keksa odam 83 yoshda ekanligi qayd etilgan[16]. Jabrlanganlarning aksariyati umurtqa va bosh suyagining sinishi, shuningdek, miya, orqa miya va boshqa organlarning ichki shikastlanishi tashxisi bilan kasalxonalarga olib borilgan[17]. Tasvirlardan aniqlanishicha, kislorod niqoblari samolyot ichki qismlari shikastlangandan keyin taqilgan[18][19].
Dastlab, jarohatlar uch daqiqada 6,000 fut (2,000 m) balandlikdan tushish natijasida yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi[20]. Keyinchalik ayrim sabablarga koʻra, samalyotda silkinish boʻlganligi aniqlangan[21][22]. Bu holatdan soʻng parvoz Bangkokka yoʻnaltirilgan va u yerda mahalliy vaqt bilan 15:45 da favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan[2]. Singapur havo yoʻllari ertasi kuni ertalab 131 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosini Singapurga olib ketish uchun yordam reysini yuborgan[11][23].
Keyinchalik samolyot parvozni davom ettirish uchun qayta ruxsat olgan va 26-may kuni Singapurga qaytgan[24][25].
Oqibatlari
tahrirBaxtsiz hodisadan soʻng Singapore Airlines aviakompaniyasi salonga xizmat koʻrsatish tartibini oʻzgartirishini eʼlon qilgan. Xavfsizlik kamarining belgisi yoqilgan paytda issiq ichimliklar xizmatini toʻxtatib turishdan tashqari, ovqatlanish xizmati ham toʻxtatilish holatiga oʻtgan. Ekipaj aʼzolarining yomon ob-havo sharoitida kabinadagi barcha boʻsh narsalar va jihozlarni oʻzlari bilan qoldirish holati esa avvalgidek qolgan[26].
2024-yil 22-may kuni Singapore Airlines bosh direktori Goh Choon Phong SQ321 reysida yuz bergan voqea uchun uzr soʻragan va tergovni sinchikovlik bilan olib borilishini nazorat qilishga vaʼda bergan. Singapur Bosh vaziri Lawrence Wong[1] va Prezident Tharman Shanmugaratnam hodisa yuzasidan vafote tgan erkakning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan[27].
Izohlar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Samolyot Boeing 777-300ER modeli edi; Boeing oʻzining samolyotlarini sotib olgan har bir kompaniya uchun noyob kodni belgilaydi, bu samolyot ishlab chiqarilgan paytdagi model raqamiga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi. „777-312ER“ Singapur havo yoʻllari uchun ishlab chiqarilgan (mijoz kodi 12).
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Tan, Yvette „Singapore Airlines apologises for deadly 'traumatic' flight“. BBC (2024-yil 23-may).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Napat, Kongsawad „Most of passengers from battered Singapore Airlines jetliner arrive in Singapore from Bangkok“. Associated Press (2024-yil 22-may).
- ↑ Guinto, Joel; Fraser, Simon „Singapore Airlines: One dead, several hurt in severe turbulence“. BBC News (2024-yil 21-may).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Gecsoyler, Sammy; Lowe, Yohannes „Singapore Airlines flight: British man dead and 30 injured after severe turbulence – as it happened“. The Guardian (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Amos, Owen; Moloney, Marita; Cursino, Malu. „British man, 73, dies during severe turbulence on London-Singapore flight“. BBC (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „Accident Boeing 777-312ER 9V-SWM,“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „9V-SWM - Singapore Airlines“ (en). Flightera (2024-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 28-may.
- ↑ Petchenik, Ian „1 dead, dozens injured in SQ321 turbulence“ (2024-yil 21-may).
- ↑ Rakshika, Vihanya; Hamzah, Aqil; Yufeng, Kok. „One dead, dozens injured after Singapore Airlines flight from London hit by severe turbulence“. The Straits Times (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „Singapore Airlines: Passengers describe chaos of fatal turbulence flight“. Sky News (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ 11,0 11,1 Ekvitthayavechnukul, Chalida. „British man dies and several passengers are injured when turbulence hits a Singapore Airlines flight“. Associated Press (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ 12,0 12,1 „‘Sheer terror': Passengers describe turbulence-hit flight that put 20 in intensive care“. Associated Press (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Three Australians in intensive care in Thailand as more passengers relive extreme turbulence on Singapore Airlines flight“. ABC (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „5 Filipinos, including child, on turbulence-hit flight remain in hospital: embassy“. ABS-CBN (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Singapore Airlines turbulence: Four Kiwis required hospital treatment following flight SQ321, one remains in intensive care unit“. The New Zealand Herald (2024-yil 23-may). 2024-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „Toddler among 40 in hospital after turbulence flight“. BBC (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „Singapore Airlines tightens cabin safety measures after turbulence killed one, injured dozens“. AP News (2024-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ Tham, Ashley. „Head injuries and bleeding ears: Passengers recount chaos on turbulent Singapore Airlines flight“. CNA (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Elderly British man dies after severe turbulence hits Singapore Airlines flight“. CNA (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ Sinclair, Harriet. „Singapore Airlines latest: Passenger killed and 30 injured in turbulence on London flight“. Yahoo! News (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ Yeo, Mike. „SQ321 passengers endured 62 seconds of turbulence, flight data shows“ (en). The Straits Times (2024-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Turbulences sur un vol de Singapore Airlines : "Une descente contrôlée, délibérément choisie par les pilotes", analyse un aviateur“ (fr-FR). Franceinfo (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Singapore Airlines relief flight arrives at Changi Airport after passengers, crew shaken by severe turbulence“ (en). CNA (2024-yil 22-may). Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Aircraft hit by severe turbulence returns to Singapore, local media reports“ (en). Rappler (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Aircraft that operated SQ321 returns to Singapore from Bangkok“ (en). CNA. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „No meal service when seat belt sign on: Singapore Airlines adjusts turbulence measures in wake of SQ321“ (en). CNA. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „Singapore President Says 'Hope And Pray' Injured Flight Passengers Recover“ (en). Barron's. Qaraldi: 2024-yil 23-may.