Sinov — Oʻzbekiston, Rossiya va ayrim boshqa MDH davlatlarida oliy oʻquv yurti talabalari va kasb-hunar kolleji, akademik litsey oʻquvchilarining laboratoriya ishlari, kurs loyihalarini bajarishlarini, shuningdek, amaliy va seminar mashgʻulotlarida, oʻquv hamda ishlab chiqarish amaliyotlari jarayonida olgan bilim va malakalarini aniqlash hamda baholash usuli.

Muayyan semestr davomida oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha sinovlarni topshirish talaba va oʻquvchilarning imtihrn sessiyasiga qoʻyilishidagi muhim shart hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti, kasbhunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha olinadigan sinovlarga reyting baholari qoʻyiladi. Bu hol sinovning differensial oʻtkazilishini, har bir talabaning oʻzlashtirish darajasini aniq hisobga olish imkonini beradi.