Sintetik kristallar - lab. yoki zavod sharoitida sunʼiy oʻstirilgan kristallar. Sintetik kristallar ning 10 mingga yaqini — anorganik moddalar. Ulardan baʼzilari tabiatda uchramaydi. Tabiatda uchraydigan 3 mingdan ortiq turlituman kristshtlardan hozircha faqat bir necha yuztasini sunʼiy yoʻl bilan hosil qilish mumkin. Ulardan kvars (SiO2), korund (A12O.|), germaniy (Ge), kremniy (Si), ishqoriy metallar galogenidlari (KS1, NaCl), segnet tuzi (KNaC4H4O64H2O), kaliy digidrofosfat (KN2RO4), alyumo ittriyli granat (Y(A15O|2), ittriytemirli fanat (Y,Fe5O|2), gadoliniygalliyli granat (Gd3Ga50I2), olmos (S), litiy niobat (LiNbO,), naftalin (SYUN8), kaliy biftalat (CgH5O4K), kalsit (SaSO3), kadmiy sulfid (CdS), pyx sulfid (ZnS), galliy arsenid (GaAs), galliy fosfid (GaP), nodir elementlar molibdatlari [U2(MoO4)va boshqa], sirkoniy dioksid (ZrO2), gafniy dioksid (NGO2), kalsiy volframat (CaWO4), ittriy alyuminat (YA10,), alyuminiy (AI) muhim ahamiyatga ega.

Kvarsning sintetik kristali gidrotermal sharoitda olinadi. Kvars tabiatda keng tarqalgan boʻlsa ham, uning tabiatdagi zaxirasi texnika ehtiyojini qoplay olmaydi va unda turli kirishmalar koʻp. Massasi 15 kg gacha boʻlgan kvars kristallari avtoklavlarda bir necha oy mobaynida, oʻta toza kristallar (optik kvars) esa bir necha yil davomida oʻstiriladi.

20-asr boshida rubinnnit sintetik kristali hosil qilindi, lazerlar uchun diametri 20–40 mm va uz. 2 m gacha boʻlgan tayoqcha shaklidagi rubinning Sintetik kristallarini olish uchun maxsus qurilma ixtiro etildi, keyinchalik u takomillashtirildi.

50y.da Ni aralashgan grafit kukunidan olmos kristallari olindi. Aralashma 2—3 sm li disklar koʻrinishida presslanadi, soʻngra 100—200 ming atm bosimida 2000—3000° gacha qizdiriladi. Shunday sharoitda grafit olmosga aylanadi.

50y.dan naftalin, stilben, tolan, antratsen va boshqa organik Sintetik kristallar sanoati rivojlandi. Keng qoʻllanadigan yarimoʻtkazgich kristallar (Ge, Si, Ga, As va boshqalar) ham tabiatda uchramaydi. Ular sunʼiy yoʻl bilan diametri 10—20 sm va uz. 30—50 sm boʻlgan silindr shaklida oʻstiriladi.

Alyuminiy oksidiga titan, kobalt, nikel tuzlarini qoʻshib sapfir, topaz va boshqa qimmatbaho toshlar koʻrinishidagi Sintetik kristallar oʻstirish mumkin. Lab. sharoitida ferromagnetiklar va zumradlarning Sintetik kristallari oʻstiriladi. Sanoat mikyosida olmosning Sintetik kristallar ini i.ch. ham rivojlanmoqda.