Sinuvchanlik (metallurgiyada) - metallarning ularga muayyan kuch taʼsir ettirilganda hosil boʻladigan zoʻriqishlarga qarshilik koʻrsatish xossasi. Metallga taʼsir ettirilgan (etgan) kuch elastiklik chegarasidan ortganda (yaʼni eng katta kuchlanish paydo boʻlganda) ularda yuz beradigan plastik deformatsiya (shakl oʻzgarishi) tufayli metall sinadi. Eng katta kuchlanish paydo boʻlgunga qadar metall koʻrsatadigan qarshilik sinishga koʻrsatiladi gan qarshilikdeb ataladi. Metallar tashqi kuch bilan boglik boʻlgan faza oʻzgarishlaridan ham sinishi mumkin. Metallarning sinishga qarshiligi ularning mexanik xossalariga bogʻliq. Biron bir mahsulot uchun material tanlashda ularning S. xossasi hisobga olinadi.