Xin daraxti
Xin daraxti, sinxona (Cinchona) — roʻyandoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar turkumi. Daraxt va butalardan iborat 40 turi bor. Xin daraxti dengiz sathidan 1000–3000 m balandda, Janubiy Amerikada And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Indoneziya, Hindixitoy, Hindiston, ShriLanka o.da keng miqyosda ekiladi. Zakavkazyening Krra dengiz sohillarida qalamchasidan bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 10–20 m, barglari oddiy, yaltiroq, chetlari tekis. Gullari ikki jinsli, qizil, pushti, oqimtir, roʻvak toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki pallali koʻsakcha. Koʻp ekiladigan turlaridan qizgʻish Xin daraxti (S. succirubra), L yeje r Xin daraxti (S. ledgeriana), ulkan Xin daraxti (S. robusta) maʼlum. Xin daraxtining hamma organlari, asosan, poʻstlogʻi 30 dan ortiq turli alkaloidlarga boy. Xin daraxtidan olinadigan alkaloidlardan eng muhimi xinin hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |