Sionizm
Sionizm (Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan; Bibliya rivoyatlariga koʻra, bu yerda Dovud podshoning qarorgohi va Yaxvaning uyi boʻlgan) — yahudiylarni Falastinga kelishini ragʻbatlantirish va u yerda yahudiylar davlatini tuzish orqali yahudiylarning oʻz-oʻzini anglashini tiklashga qaratilgan mafkura. 19-asr oxirida vujudga kelgan. 1897-yili Teador Harzel tomonidan birinchi sionistik konferensiya tashkillashtirilgan. 1948-yildan keyin Isroilni dunyo miqyosida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Sotsialistik va liberal oqimlardan tortib to shovinistik ruhda boʻlgan bir qancha oqimlarni oʻz ichiga oladi. Sionistik tashkilotlar 60 dan ortiq mamlakatda ish olib boradi. Yetakchisi — Jahon sionistlar tashkiloti (1897-yilda tuzilgan), qarorgohi Isroil va AQShda.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |