Siranush
Siranush — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqoʻrgʻon va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikerilgan (Ye. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi, barglari oʻrtacha, yumaloq, 5 boʻlmali, sel kertikli, ters tomoni silliq. Guli 2 jinsli. Uzumi avgust— sentabrda pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha yoki yirik, yumaloq, oqsariq, urugʻsiz, gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa. Eti goʻshtdor, sersuv. Tarkibida 20—22% qand bor. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3450° boʻlganda — 150—165 kunda pishadi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |