Sitt Al-Qusur
Sitt al-Qusur (arabcha: ست القصور), (1161-yilda vafot etgan) – Fotimiylar xalifasi Al-Hofizning qizi va xalifa Az-Zafirning singlisi boʻlgan Fotimiylar malikasi edi.
Sitt Al-Qusur ست القصور | |
---|---|
Xalifa Al-Faiz bin Nasr Allohning vasiysi | |
Vafoti |
1161-yil Qohira |
Sulola | Fotimiylar |
Otasi | Al-Hofiz |
Dini | Islom |
Yamanlik huquqshunos va tarixchi Amara Al-Yamaniy uni „xulq-atvori aʼlo va saxovatli“ deb taʼriflagan va boshqaruv masalalari va siyosiy ishlar bilan shugʻullanganini yozgan.
U xalifa Al-Hofizning qizi edi. 1149-yilda uning akasi Az-Zafir Fotimiylar xalifasi boʻldi.
Xalifa Az-Zafir davri
tahrirUning akasi Az-Zafir 1154-yil aprel oyida vazir Abbos ibn Abu al-Futux va uning oʻgʻli Nasr tomonidan oʻldirilgan. Qotillikdan soʻng Az-Zafirning besh yoshli oʻgʻli Al-Faiz bi-Nasr Alloh xalifa etib tayinlandi va Abbos tomonidan xalifani oʻldirishda ayblangan Az-Zafirning ikki nafar ukasi qatl etildi[1][2].
Xalifa Al-Faiz davri
tahrirSitt Al-Qusur darhol vazirdan qasos olishga harakat qildi va uni agʻdarishda yordam soʻrab hatto Salibchilarning Quddus Qirolligi bilan bogʻlandi[2]. Aytishlaricha, Qohiraga yaqinroq joyda Fotimiy malikalari sochlarini qirqib, duo belgisi sifatida Asyut hokimi Taloʼiy ibn Ruzzikga yuborganlar. Ibn Ruzzik bu fikrga osonlik bilan rozi boʻlib, Qohiraga yurish qildi. Natijada vujudga kelgan tartibsizliklarda Abbos va uning oʻgʻli Bilad ash-Shomga (Suriya) qochishga harakat qilishdi, lekin ularni Oʻlik dengizi yaqinida Salibchilar ushlab olishadi[1]. Sitt Al-Qusur ikkalasini ham oʻldirish uchun katta miqdorda pul toʻlagan[2]. Maʼlumotlarga qaraganda, Nasr saroy ayollari tomonidan tagligi taxtali oyoq kiyimlar bilan kaltaklanib jarohatlangan va oʻldirilgan[1]. Sitt al-Qusur Al-Faizga vasiylikni oʻz zimmasiga oladi, ammo amalda hokimiyat Ibn Ruzzikga tegishli edi[2].
Xalifa Al-Adid davri
tahrir1160-yil iyul oyida Al-Faiz tutqanoqdan vafot etdi. Ibn Ruzzik taxt vorisi sifatida Fotimiy shahzodalari ichidan eng kichigini, toʻqqiz yoshli Al-Adidni tanladi, uning otasi Al-Faiz taxtga oʻtirganida Abbos tomonidan qatl etilgan Az-Zafirning ukalaridan biri edi[3]. Balogʻatga yetmagan bola yana taxtga oʻtirgach, Ibn Ruzzikning mavqei mustahkamlandi va u yosh xalifani oʻz qiziga uylanishga majbur qilib, oʻz hukmronligini yanada mustahkamladi[3].
Biroq, bu harakatlar Sitt Al-Qusurni xavotirga soldi va u 1161-yil sentabr oyida Qora Afrika qoʻshinlari qoʻmondonlari bilan ittifoq tuzib, xalifaning tinglovchilar xonasiga olib boruvchi yoʻlakda Ibn Ruzzikni oʻldirishga kelishib olishadi. Bu suiqasd dahshatli tarzda amalga oshirildi. Ibn Ruzzik va uning oʻgʻli Ruzzik ibn Taloʼiy yarador boʻldilar, ammo oʻldirilmadilar va qoʻriqchilar ularni vazirlar saroyiga olib chiqishdi va koʻplab hujumchilarni oʻldirishadi[4]. Qasos olish uchun Ruzzik Sitt Al-Qusurni oldiga olib kelib, uni oʻzining roʻmoli bilan boʻgʻib oʻldiradi. Ruzzik koʻp oʻtmay otasi vafot etgach, uning oʻrniga vazir boʻladi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Brett 2017, s. 283.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Kortese & Kalderini 2006, s. 114.
- ↑ 3,0 3,1 Brett 2017, s. 286.
- ↑ 4,0 4,1 Brett 2017, s. 287.
Adabiyotlar
tahrir- Brett, Michael. The Fatimid Empire, The Edinburgh History of the Islamic Empires. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-0-7486-4076-8.
- Cortese, Delia; Calderini, Simonetta. Women and the Fatimids in the World of Islam. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2006. ISBN 0-7486-1733-7.
- Halm, Heinz. Kalifen und Assassinen: Ägypten und der vordere Orient zur Zeit der ersten Kreuzzüge, 1074–1171 (German). Munich: C.H. Beck, 2014. ISBN 978-3-406-66163-1.