SivasTurkiyaning markaziy qismidagi shahar. Sivas elining maʼmuriy markazi. Aholisi 250,3 ming kishi (2000). Qishloq xoʻjaligi (donli ekinlar, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Vagonsozlik, sement, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. universitet bor. Sivasning qadimgi nomlari Kabira, Diaspolis, Sebastiya. 4-asr oxirlaridan — 11-asrning 2-yarmigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11 — 14-asrlarda Saljuqiylar, xususan, 12-asr oxiri —14-asr boshlarida Koʻniya sultonligi qoʻl ostida boʻlgan. 14-asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil