Metropolitano Stadioni
"Sivitas Metropolitano" (ispancha: Cívitas Metropolitano), shuningdek, Peineta (ispancha: La Peineta) — Madrid shahri (Ispaniya) dagi futbol stadioni. 2017/2018-yilgi mavsumdan beri u Ispaniyaning Atletiko Madrid futbol klubining uy stadioni hisoblanadi.
Toʻliq nomi | ispancha: Estadio Cívitas Metropolitano |
---|---|
Joyi | Madrid, Ispaniya |
Asos solingan | 1990-yil |
Qachon qurilgan | 1993-yil |
Qachon ochilgan | 1994-yil 6-sentabr |
Qachon taʼmirlangan | 2011—2017-yil |
Qachon yopilgan | 2004-yil |
Egasi |
Madrid avtonom jamoati (1994—2002) Madrid (2002—2017) "Atletiko Madrid" FK (2017—) |
Operator | Fomento de Construcciones y Contratas |
Yuzasi | maysa |
Inshoot narxi | €240 mln (2017) |
Meʼmor |
Antonio Cruz Antonio Ortiz |
Hajmi |
20 000 (1993) 67 703 (2017) |
Maydon oʻlchami | 105 × 68 m |
Maydon egalari | |
"Atletiko Madrid" FK |
Tarixi
tahrirStadion 1990-yilda tashkil etilgan. Qurilish 1990-yildan 1993-yilgacha amalga oshirilgan. Stadion sigʻimi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan edi. Ochilish 1994-yil 6-sentyabrda boʻlib oʻtdi.
1996-yil 28-avgustda stadionda 1996 yilgi Ispaniya Superkubogi uchun "Atletiko Madrid" va "Barselona" oʻrtasidagi javob uchrashuvi boʻlib oʻtdi. „Atletiko“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[1]. Biroq kubokni birinchi o‘yinda 5:2 hisobida zafar quchgan „Barsa“ qo‘lga kiritdi.
2002-yil 21-22-sentyabr kunlari stadionda yengil atletika boʻyicha 2002-yilgi IAAF Jahon kubogi boʻlib oʻtdi .
2004-yilda stadion yopildi.
Yangi stadion
tahrir2013-yil 11-sentabr kuni Atletiko Madrid oʻzining yangi stadionini La Peineta[2] oʻrnida qurishini eʼlon qildi.
Stadion 67 000 tomoshabinga moʻljallangan. Qurilish qiymati 240 million yevro.
2017/2018-yilgi mavsumdan boshlab u Atletikoning uy stadioni[3] boʻlib kelgan.
2016-yil 9-dekabrda klub yangi stadionga Vanda Metropolitano (ispancha: Wanda Metropolitano). Wanda Xitoyning Wanda Group kompaniyasiga (klub egalaridan biri), Metropolitano esa Metropolitano de Madrid stadioniga ishora (1923-1936 va 1943-1966-yillardagi klubning uy stadioni)[4][5].
2017-yil 16-sentabr kuni stadionda ilk rasmiy o‘yin o‘tkazildi. „Atletiko“ Ispaniya chempionatining 4-turida „Malaga“ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Antuan Grizmann[6][7] mualliflik qildi.
2017-yilning 13-noyabr kuni Ispaniya kubogi doirasidagi „Atletiko“ — „Elche“[8] o‘yinida ispan futbolida hakamlik faoliyatida ilk bor stadionda videotakrorlardan foydalanildi.
2018-yilning 21-aprel kuni stadionda ilk bor Qirollik kubogi finali bo‘lib o‘tdi. „Barselona“ „Sevilya“ni 5:0 hisobida magʻlub etdi[9].
2018/19-yilgi mavsum oldidan „Atletiko“ 56 407 ta abonement sotib (stadion sig‘imining 83 foizi) rekord o‘rnatdi[10].
2018-yilning yozida Madrid metropoliteni „Estadio Olimpico“ bekati Wanda Metropolitano[11] yaqinida joylashganligi sababli nomini Estadio Metropolitano deb oʻzgartirishga qaror qildi.
2019-yil 1-iyun kuni stadionda 2018/2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tdi, unda „Liverpul“ „Tottenxem“ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Wanda Group bilan shartnoma muddati tugashi munosabati bilan 2022-yil 19-iyulda stadion oʻz nomini Sivitas Metropolitano (ispancha: Cívitas Metropolitano) ga oʻzgartirdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „28 августа 1996“.
- ↑ „El Atlético se mudará a La Peineta el 1 de julio de 2016“.
- ↑ „Atlético Madrid's new stadium coming along a treat“. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Presentamos el Wanda Metropolitano“.
- ↑ „Wanda Metropolitano, el nombre del nuevo estadio del Atlético de Madrid“.
- ↑ „Sat, Sep 16, 2017“.
- ↑ „A stadium called Wanda: opening night at Atlético Madrid's new home“.
- ↑ Na matche „Atletiko“ — „Elche“ budut primenyatsya videopovtori. V Ispanii eto vpervie
- ↑ „21/04/2018“.
- ↑ „Atletiko“ prodal bolee 56 407 sezonnix abonementov. Eto rekord kluba
- ↑ Metro Madrida pereimenuet stansiyu „Metropolitano“, chtobi eyo ne putali so stansiey u areni „Atletiko“ — Futbol — Sports.ru