Skafandr
Skafandr [yun. skaphe — qayiq va aner(andros) — odam] — uchuvchi, kosmonavt, astronavt va gʻavvoslarning germetik kiyimi. Odamning havosi siyrak atmosferada, kosmik fazo va suv ostida ishlashiga imkon beradi, atmosfera rejimini (bosim, tra, namlik va gaz tarkibini) maʼlum darajada saqlab turadi. S.ning qutqaruv ishlari va kosmik parvozlar uchun moʻljallangan xillari bor. Qutqaruv Si samolyot yoki kosmik kema kabinasining germetikligi buzilganda, juda balandda katga tezlik bilan uchish paytida katapultalanganda hamda yuqori va past trali sharoitda uchuvchi va kosmonavtlarnig hayotini saqlab qolish uchun ishlatiladi. U yumshoq germetik kiyimbosh, qattiq shlem, etik va qoʻlqopdan iborat. Havo S. ichiga siqiq havo manbai (mas, dvigatel kompressori)dan keladi. Havo berk kontur boʻylab aylanib yuradigan (regeneratsion) S. ham bor. Bunda havo maxsus moslamalar bilan tozalab turiladi. Kosmik S. kosmonavtning ochiq kosmik fazoda yoki boshqa sayyora sirtida uzok, muddat boʻlishini taʼminlaydi. Bunday S.qattiq yoki yumshoq boʻlishi mumkin. Kosmonavt mustaqil tizimdan yoki kosmik kema bortidagi tizimdan shlang orqali kislorod bilan taʼminlanadi. Bunday S.da traning keskin oʻzgarishi va radiatsiyadan kosmonavtni asrovchi qobiq boʻladi. U harakatlanish va oriyentatsiya vositalari bilan, kosmonavtning ahvoli va asosiy fiziologik koʻrsatkichlarini Yerdan turib nazorat qilib borishga imkon beradigan biotelemetrik tizim bilan taʼminlanishi shart. Gʻavvoslar kiyadigan S. rezinalangan matodan tikiladi, shlemi metalldan yasaladi; u juda chuqur suvda ishlashga imkon beradigan zirhli apparat bilan taʼminlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |