Skarlattilar —italyan kompozitorlar oilasi. Al yessan dro Skarlatti (1660.2.5, Palermo — 1725.22.10, Neapol) — Neapolitan opera maktabi asoschisi. Turli kapellalar, Rim va Neapol konservatoriyalarida dars bergan. Jami 130 ga yaqin opera, 600 dan ziyod diniy va dunyoviy kantata va boshqa asarlar yaratgan. Operaseria (jiddiy, katta opera) va simfoniya janrlari shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Oʻzining bir qator operalarida sharqona mavzularga murojaat qilgan. Xususan, "Tiberiy, Sharq imperatori" (1702) va "Buyuk Temurlang" ("II gran Tamerlano", 1706-yilda Rimda katta muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgan) kabi asarlari bilan mazkur anʼananing Italiyada puxta oʻrin olishiga asos solgan. Domeniko Skarlatti (1685.25.10, Neapol — 1757.23.7, Madrid) — kompozitor, sozanda (organ, klavir). A. Skarlattining oʻgʻli. Opera, kantata va boshqa asarlarning muallifi. 500 dan ziyod klavir (asosan, qad. sonata) asarlarida murakkab ijro usullarini qoʻllab, yangi klavir uslubini yaratgan, klassik sonata janriga zamin tayyorlagan.