Skin-effekt
Skin-effekt (ing. skin teri, qobiq va effekt) (sirtiy effekt) — oʻzgaruvchan tok va u bilan bogʻliq boʻlgan elektromagnit toʻlkinlarning muhit ichiga kirgan sari soʻna borishi. Buning natijasida, mas, oʻzgaruvchan tok oʻtkazgichning koʻndalang kesimi boʻyicha yoki magnit oqimi magnit oʻtkazgichning koʻndalang kesimi boʻyicha bir tekis taqsimlanmaydi. Yetarlicha yuqori chastotalarda tok, asosan, oʻtkazgichning yupka sirtki qatlami (skinqatlami)da oqadi va amalda uning chuqur qatlamlari (ichi)da boʻlmaydi. Oʻtkazgich kancha yoʻgon va oʻzgaruvchan tok chastotasi kancha yuqori boʻlsa, taqsimlash shuncha keskin farq qiladi. Elektromagnit toʻlqinning amplitudasi ye marta kamayadigan masofa kirish chukurligi yoki skinqatlam deyiladi.
Skin-effekt elektromagnit toʻlqinlar oʻtkazuvchi muhitda tarqalayotganda uyurma toklar vujudga kelib, elektromagnit energiyasi bir qismining issiqlikka aylanishiga asoslangan. Bu elektr va magnit maydonlari kuchlanganligi va tok zichligining kamayishiga, yaʼni toʻlqinning soʻnishiga olib keladi.
Elektromagnit maydon chastotasi v va oʻtkazgichning magnit singdiruvchanligi |x qancha yuqori boʻlsa, oʻzgaruvchi magnit maydoni vujudga keltirayotgan uyurma tokning elektr maydoni ham shuncha kuchli boʻladi. Oʻtkazgich oʻtkazuvchanligi o qancha katta boʻlsa, tok zichligi va hajm birligidan ajralayotgan quvvat ham shuncha yuqori boʻladi. v, p. va a qancha katta boʻlsa, soʻnish shuncha kuchli boʻladi, Skin-effekt aniq kuzatiladi.
Tok chastotasi va materialning xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan skinqatlami qalinligi 8 va tok eltuvchi (elektron)larning erkin yugurish yoʻli / orasidagi munosabatga qarab, normal Skin-effekt ("1) va anomal Skin-effekt (5"0 xillarga boʻlinadi. Anomal Skin-effektda elektromagnit toʻlqinlarning soʻnishi miqdor jihatdan boshqacha boʻladi. Skin-effekt metallar, plazma va boshqalarda sodir boʻladi. Amalda undan keng foydalaniladi. Xususan, elektromagnit ekranlarining ishi, poʻlat buyumlarning yuzalarini toblash Skin-effektga asoslangan.
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |