Skiron
Skiron (qadimgi yunoncha: Σκίρων, Σκείρων)- qadimgi yunon mifologiyasida[1] Teseyning raqibi. Afinaliklarga koʻra, u qaroqchi, megartlarga koʻra esa-qoʻmondon edi.
Skironning kelib chiqishining bir nechta varianti mavjud. Biriga koʻra, u Poseydonning[2] oʻgʻli (yoki Pelopning oʻgʻli) boʻlgan. Turmush oʻrtogʻining ismi Harkilo edi, qizining ismi esa Endeidoy[3] edi. Baʼzilarga koʻra, Pitfeyning[4] qizlari Kanef va Genioxining oʻgʻli.
Megara versiyasi
tahrirMegar qiroli Pilasning oʻgʻli, Megara shahridagi surgunda boʻlgan Afina qiroli Pandionning qizi bilan turmush qurgan. Pavsaniyaga koʻra, Skiron Pandionning oʻgʻli Nis bilan kuch hukumronlik uchun kurashgan, ammo ularning nizolarini hal qilgan Eak, Nicga hukumronlikni bergan va Skironga qoʻshin ustidan hukumronlikni taqdim etgan[5]. Skiron, Skiron yoʻli deb nomlangan yoʻlni qurdi[6].
Afina versiyasi
tahrirAfinaliklarga koʻra, Skiron Afina va Megara orasidagi yoʻlda talon-tarojlik qilib, sayohatchilarni oyoqlarini yuvishga majburlagan, soʻngra ularni jardan dengizga tashlagan, u yerda ularni ulkan toshbaqalar yeb qoʻygan[7].
Skiron otasini qidirib topish uchun Afinaga ketayotgan Tesey tomonidan, u qaroqchini qurbonlarning taqdirini baham koʻrishga majbur qildi va uni skiron qaʼlasidan uloqtirdi[8]. Ikkinchi Vatikan mifogrofiga koʻra, u Dedal tomonidan oʻldirilgan[9].
Afinadagi qirollik stendida pishirilgan loydan yasalgan tasvir bor edi: Skironni dengizga tashlayotgan Tesey[10]. Egina tangalarida toshbaqa[11][12] tasvirlangan.
Yevripida „Skiron“ satir dramasi, Epixarm va Aleksisning „Skiron“ komediyalarining bosh qahramoni.
Manbalar
tahrir- ↑ Мифы народов мира. Энциклопедия. В 2 томах. М.: Советская энциклопедия, 1991—92 — 445-bet.
- ↑ Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka. E I 1—2
- ↑ Plutarx. Tesey 10
- ↑ Plutarx. Tesey 25
- ↑ Pavsaniy. Opisanie Elladi I 39, 6; II 29, 9
- ↑ Pavsaniy. Opisanie Elladi I 44, 6
- ↑ Pavsaniy. Opisanie Elladi I 44, 8; Диодор Сицилийский. Istoricheskaya biblioteka IV 59, 4;Страбон. Geografiya IX 1, 4 (str.391);
- ↑ Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka III 12, 6; E I 2; Диодор Сицилийский. Istoricheskaya biblioteka IV 59, 4
- ↑ Комментарий Д. О. Торшилова в кн. Гигин „Основные героические мифы; «эпический кикл»“, . Мифы, 2-е изд., испр, «Античная библиотека». Раздел «Античная история», Алетейя, 2000 — 62-bet. ISBN 5-89329-198-0.
- ↑ Pavsaniy. Opisanie Elladi I 3, 1
- ↑ Kommentariy O. P. Tsibenko v kn. Диодор Сицилийский. Историческая библиотека. Кн. 4—7, Античная библиотека. Источники. Спб.: Алетейя, 2005 — 323-bet. ISBN 5-89329-716-4.
- ↑ Клейн, Л. С.. Анатомия «Илиады». Издательство СПбГУ, 1998 — 194-bet. ISBN 5-288-01823-5.