Skottlar
(Skotlardan yoʻnaltirildi)
Skottlar, skotlar (soʻnggi lotincha Scotti, Scoti) — kelt qabilalari guruhi. Ilk bor Rim muarrixlari asarlarida, S. va pikt qabilalari Rimning Britaniya provinsiyasiga chopqunlari munosabati bilan tilga olingan. Dastlab Irlandiyada yashaganlar (shundan Irlandiyaning Rim manbalaridagi nomi — Skottiya olingan), keyinchalik (mil. 1ming yillik oʻrtalarida) S.ning bir qismi Britaniyaning shim.ga koʻchib oʻtishgan va u yerda piktlarni tobe etib, 9-asr oʻrtalarida Shotlandiya (Scotland, aynan — S. mamlakati) deb nomlangan qirollik barpo etganlar.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |