Skott Robert Folkon
Skott Robert Folkon (1868.6.6, Devonport — 1912.30.3) — Antarktidani ta^lqiq qilgan dengizchi sayyoh. 1901—04 yillarda Eduard VII yarim orol, Transarktika togʻlarini kashf qilgan ekspeditsiyani boshqargan. Viktoriya Yerini oʻrgandi va Ross o.dan Ross shelf muzligining gʻarbiy chekkasi boʻylab yurib 82°17’ j.k.gacha yetib bordi. 1911-yil boshida ikkinchi ekspeditsiya bilan yana Antarktidaga qaytib, S. noyabrda Ross o.dan janubga tomon yurdi va 4 hamrohi bilan 1912-yil 18 yanvarda (R. Amundsendan 33 kun keyin) Janubiy qutbga yetib bordi. Orqaga qaytishda yoʻlda 5 kishining hammasi haloq boʻddi. S. nomiga Endeyerbi Yeridagi tor, ikkita muzlik 110° shq u va 150° gʻ.u va Ja. okeandagi orol qoʻyilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |