Slavko Luštica (1923-yil 11-yanvar – 1992-yil 14-iyul) 1952-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Yugoslaviya safida maydonga tushgan futbolchi edi. Luštica Yugoslaviyada NK Osvit va Hajduk Split klublarida yarim himoyachi sifatida toʻp surgan[1].

Slavko Luštica
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 11-yanvar 1923-yil
Tavallud joyi Kumbor shahri, Yugoslaviya qirolligi
Vafot sanasi 14-iyul 1992-yil(1992-07-14)
(69 yoshda)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1935–1936 Osvit Šibenik
1939–1941 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1936–1939 Osvit Šibenik
1941–1957 Hajduk Split 226 (19)
Milliy terma jamoa
1951–1952 Yugoslavia 3 (0)
Boshqargan klublari
1969–1972 Hajduk Split
1973–1976 Olimpija Ljubljana
1978 Yugoslavia
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Luštica Kotor koʻrfazidagi Kumbor shahrida tugʻilgan, Šibenikdagi NK Osvit klubining yoshlar jamoasida oʻynashni boshlagan. Luštic 13 yoshidayoq kattalar jamoasiga oʻtgan boʻlsa-da, jamoatchilik eʼtiborini Belgraddagi oʻyinda Yugoslaviya yoshlar terma jamoasi safida oʻsha paytning kuchli Vengriya yoshlar jamoasini yengganidan soʻng qozondi. Koʻp oʻtmay Luštica Hajduk Split klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining qolgan qismini shu klubda oʻtkazdi. Uning klub tarkibida rasmiy debyut oʻyinini 1941-yil 9-martda Concordia Zagreb klubiga qarshi 5:2 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan uchrashuvda oʻtkazdi. Ikkinchi jahon urushi davrida, 1944-yilda Hajduk Split klubi Vis oroliga vaqtincha koʻchirilgach, Luštica klub tarkibida barcha oʻyinlarida ishtirok etdi. Urushdan soʻng ham Luštica Hajdukda oʻynashni davom ettirib, uch marotaba Yugoslaviya chempionligini (1950, 1952 va 1955-yillarda) qoʻlga kiritdi. Luštica jami 634 ta oʻyinda maydonga tushdi (bu koʻrsatkich bilan Hajdukning barcha davrlardagi oʻyinlar roʻyxatida Frane Matošić va Ivan Hlevnjakdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi) va 86 ta gol urdi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Luštica Yugoslaviya milliy terma jamoada ilk bor 1951-yil 23-avgustda Osloda Norvegiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (Yugoslaviya 4:2 hisobida gʻalaba qozondi). Luštica yana ikki marta terma jamoa tarkibida oʻyin oʻtkazdi, soʻnggi marta esa 1952-yil 2-noyabrda Belgradda Misrga qarshi boʻlgan oʻyinda (5:0 hisobida gʻalaba) ishtirok etdi[2].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Luštica oʻzining futbolchilik faoliyatini tugatgach, Hajduk Split klubiga murabbiylik qildi va 1971-yilda chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Luštica 1973-yildan 1976-yilgacha NK Olimpiya Lyublyana klubiga ham murabbiylik qilgan[3].

Yutuqlari

tahrir

Hajduk Split

tahrir

Murabbiy

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Slavko Luštica“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  2. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  3. „Nogometni klub Olimpija Ljubljana“. 2011-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.