Slovakiya fanlar akademiyasi

(Slovakiya Fanlar Akademiyasidan yoʻnaltirildi)

Slovakiya fanlar akademiyasi —Slovakiya Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1953-yil Bratislava shahrida tashkil etilgan. Dastlab 14 ilmiy muassasasi boʻlgan. 50 dan ortiq akademiklar, 60 dan ziyod muxbir aʼzosi, 50 ga yaqin ilmiy muassasasi bor. Bir qancha jurnal nashr etadi.