Slovatskiy Yuliush
SLOVATSKIY (Slowacki) Yuliush (1809.4.9, Kremenets, Ternopol viloyati yaqinida — 1849.9.4, Parij; 1927-yilda uning xoki Krakovga koʻchirilgan) — polyak shoiri. Vilnyus universitetini tugatgan (1828). Dastlabki dostonlari ("Gugo", 1829; "Yan Beletskiy", 1830 va boshqalar) romantik ruxda. 1831-yildan muhojirlikda yashagan. Yaqin Sharq mamlakatlariga safari taassurotida "Neapoldan muqaddas joylarga sayohat" (tugallanmagan, 1836—39)ini yozgan. "Angelli" (1838), "Shveysariyada" (1839) kabi poetik asarlarida xalq qudrati va kelajagiga ishonchi ifodalangan. S. polyak romantik teatri repertuarini yaratgan ("Kordian", 1834; "Gorshtinskiy", 1835; "Xayolot", 1841 vab.). "Benyovskiy" dostoni (tugallanmagan, 1841) koʻp yillik ijodiy izlanishlarining choʻqqisidir. S.ning falsafiytarixiy karashlari uning tugallanmay qolgan "QirolRuh" epopeyasida birmuncha aks etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |