Dom Slovo – 2017-yilda Taras Tomenko rejissyorligi va Lyuba Yakimchuk ssenariy muallifiligida suratga olingan Ukraina hujjatli filmi. Filmning Ukrainadagi premyerasi 2017-yil 27-oktabrda Xarkovda boʻlib oʻtgan[1]. Film 2017-yilda 33-Varshava xalqaro kinofestivalining rasmiy tanlov dasturida ishtirok etgan[2].

Dom Slovo
ukraincha: Будинок «Слово»
Rejissyor(lar) Taras Tomenko[uk]
Prodyuser(lar)
  • Yuliya Chernyavskaya
  • Oleg Sherbina
Ssenariynavis(lar)
Operator(lar)
  • Taras Tomenko
  • Aleksandr Yakimchuk
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tillar ukrain, rus
Slovo binosi, Xarkov, Ukraina

2018-yilda film „Eng yaxshi hujjatli film“ nominatsiyasida „Oltin Dziga“ Ukraina milliy kino mukofotini qoʻlga kiritgan[3].

Syujeti

tahrir

1920-yillarning oxirida Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining poytaxti Xarkovda Stalinning soʻzlariga koʻra, ayniqsa, Ukraina yozuvchilari va SSSRning boshqa madaniyat arboblari uchun uy quriladi. Bino Xarkov shahar arxitektori Mixailo Dashkevich tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerda aholiga qulaylik yaratish uchun hamma narsa – keng yorugʻ xonalar, baland shiftlar, katta derazalar bilan taʼminlangan. U yerda yashovchilar dam oladigan joy boʻlsin deb yaqin atrofda bogʻ ham qurishgan. Oltmish toʻrtta shinam xonadon, ovqat xonasi, solaryum, xodimlar – yozuvchilar uchun haqiqiy jannat deya taʼriflangan. Oʻnlab daho ukrainalik yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, ssenariynavislar va aktyorlar ushbu yangi bino yaʼni yozuvchilar uyiga koʻchiriladi. Mikola Xviloviy, Ostap Vishnya, Mixailo Semenko, Anatol Petritskiy, Antin Dikiy va boshqalar koʻchib oʻtgan.

Biroq, bu jannat maxsus kuzatuv tizimi va agentlar tarmogʻi bilan himoyalangan, buning natijasida mualliflar Sovet maxfiy xizmatlari tomonidan nazorat ostida boʻlgan. Xususan, baʼzi yozuvchilar haqida oʻz xotinlari, agentlari, baʼzilari esa xizmatkorlari xabar berib turgan. Bu uyga tashrif buyurganlarning hammasi xuddi shu nazorat ostida boʻlgan, jumladan, Bertolt Brecht, Teodor Drayzer, Bruno Yasenski, 1930-yilda Xarkovga inqilobchi yozuvchilarning xalqaro konferensiyasiga kelganlar. Ukraina yozuvchilari 1932–1933-yillardagi Golodomor oqibatlarining guvohi va natijada ularning ahvoli yomonlashdi.

Baʼzi yozuvchilar oʻz joniga qasd qilishgan, baʼzilari aqldan ozgan. Stalin qatagʻonlari davrida oltmish uchta xonadondan qirqtasi qamoqqa olingan. Bino Slovo deb nomlangan, chunki binoning oʻzi kirill alifbosidagi „C“ (oʻzbek tilidagi talaffuzi „S“ harfi) harfiga oʻxshash qurilgan. Ammo bir necha yil davomida bu uy „Krematorium“ yoki „tergov qamoqxonasi“ deya nom olgan[1][4][5].

Film haqida fikrlar

tahrir

Ukraina kino tanqidchilari va kino ekspertlari filmga ijobiy baho berishgan. Ukraina davlat kino agentligi rahbari Pilip Ilyenko filmni yuqori baholab, suratga olish ishlari boshlanishidan avval kino ijodkorlari arxivlar bilan katta ish olib borganini, bu esa ularga yangi, avvalroq namoyish etilmagan, noyob faktlarni topishga yordam berganini taʼkidlagan. Ilyenko shuningdek, filmning badiiy mahoratiga yuqori baho berib, ijodkorlar zamonaviy va arxiv videolarini uzviy uygʻunlashtirishga muvaffaq boʻlganini taʼkidlagan. „Texty“ jurnali sharhlovchisi ham filmni yuqori baholab, uning tarbiyaviy qismi bu repressiyaga uchragan ukrainalik rassomlarni oʻz jamoasi maydoniga qaytarishga yordam berishini aytgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Yemіne Djaparova pro strіchku "Budinok „Slovo“: Minulo mayje storіchchya, a „oblichchya“ rejimu, щo znovu ruynuє Ukraїnu, ne zmіnilosya". 31.10.2017. Protsitovano 3.11.2017.
  2. „Будинок "Слово"“ (Ukrainian). arthousetraffic.com. 2021-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  3. „Оголошено лауреатів кінопремії «Золота дзиґа – 2018»“ (Ukrainian). Детектор медіа (2018-yil 20-aprel). 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-aprel.
  4. Budinok „Slovo“.planetakino.ua. 3 November 2017
  5. „33 Варшавський Кінофестиваль“ (Ukrainian). culture.pl. 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  6. „Фільм “Будинок “Слово”. Чому Сталін вирішив поселити наших письменників в елітному кооперативі?“. Texty.org.ua (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 21-mart.