Smolensk
Smolensk — Rossiyadagi shahar. Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala sohilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862-yildan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882-yildan Kiyev Rusi tarkibida, 12-asrdan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514-yillarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67-yillarda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667-yilda Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708—19 va 1796—1929-yillarda Smolensk gubernyasi, 1776—96 yillarda Smolensk noibligi markazi. 1812-yilda Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43-yillarda Smolensk atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Smolensk butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. Smolenskga qahramon shahar unvoni berilgan.
Smolensk ruscha: Смоленск | |
---|---|
shahar | |
Dnepr boʻyidagi Uspensk sobori | |
54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E | |
Mamlakat | Rossiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Smolensk viloyati |
Shahar okrugi | Smolensk shahri |
Hukumat | |
• Mer | Andrey Borisov |
Asos solingan | nomaʼlum |
Ilk eslatilishi | 863-yil |
Maydon | 166.35 km2 (64.23 kv mi) |
Markazi balandligi | 242 m |
Aholisi (2021) |
▼ 316 570 |
Milliy tarkib | ruslar va b. |
Konfessiyaviy tarkib | provaslavlar va b. |
Etnoxoronim | smolyan[1] |
Telefon kodi | 4812 |
Pochta indeks(lar)i | 214XXX |
MHBOBT (OKATO) | 66401 |
|
Sanoat
tahrirMashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va boshqalar), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. „Kristall“ zavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni ishlab chiqarish korxonasi mavjud.
Taʼlim
tahrir4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr mavjud.
Madaniyat
tahrirSmolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirQadimiy meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-asr), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-asr — 17-asr boshlari) saqlangan. „Motamsaro ona“ haykali (1965), „Mangulik qoʻrgʻoni“ memoriali (1970) oʻrnatilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Ответ «Грамоты.ру»“. 2011-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |