Soʻkchak
Soʻkchak — tut ipak qurtlarini bokish va oziqlantirish uchun qoʻllanadigan maxsus qurilma, qurtlar uchun oziqlanish maydoni. Slar mahalliy sharoitlarda turli mahalliy materiallar (qamish, terak, tol va tut)larning yoʻgʻon novdalaridan tayyorlanadi. Sanoatbop ipak qurtlarini bokishda metalldan yasalgan Slar ishlatiladi. Iqtisodiy jihatdan samarador boʻlgan koʻp qavatli uz. 2 m., eni 1 m va boʻyi 1,8 m etajerkalar qoʻllanadi. Qurtlarning kichik (1, 2 va 3) yoshlari uchun 5 qator ozuqa maydoniga ega boʻlgan (katorlar orasi 30—35 sm) S.lardan, katta yoshlarida (4 va 5 yoshlar) esa oralaridan bitta qator olinib 3 ta qatori qoldirilgan (qator oraligʻi 60—70 sm) Slardan foydalaniladi. Har bir quti qurtlar uchun kichik yoshlarda (1—3) 12 m2, katta yoshlarda (4—5) 60—70 m2 ozuqa maydoni ajratiladi. Koʻp hollarda ozuqa maydoniga qarab meʼyor boʻyicha qurtlar bir xonada kupi bilan 2 qatorli soʻkchaklarda joylashtiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |