Soʻx voqeasi (2013)
2013-yilning 5-yanvar kuni Qirgʻiziston chegarachilari (Oʻzbekiston va Qirgʻiziston) oʻrtasida bahsli boʻlib turgan hududga simyogʻochlar oʻrnata boshlaganiga Soʻx anklavidagi Xushyor qishlogʻi aholisi norozilik bildirgani natijasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi[1]. 6-yanvar kuni bu norozilik qirgʻiz chegarachilarini oʻq uzishga majbur qilgan va har ikki tomondan odamlar garovga olingan. 7-yanvar kuni janjalning keskin fazasi toʻxtatilgan. Shundan soʻng maʼlum bir muddat Soʻx anklavi qamal holatida boʻldi. Qirgʻiziston rasmiylari koʻrilgan moddiy zarar toʻlanmagunicha yoʻllarni ochmasligi toʻgʻrisida bayonot bergan.