Xlorsulfon kislota

(So2 s1dan yoʻnaltirildi)

Xlorsulfon kislota, SO2 S1(ON) — sulfat kislota monoxlorangidridi. Rangsiz suyuklik; suyuqlanish temperaturasi — 80°, qaynash temperaturasi 155° (parchalanadi), zichligi 1750 kg/m3. Xlorsulfon kislota juda faol, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, sulfat va xlorid kislota hosil qiladi. Kuchli kislota. Vodorod xlorid bilan sulfat angidridning oʻzaro taʼsirida hosil boʻladi. Organik sintezda, boʻyagichlar, yuvuvchi vositalar va dori moddalari, tutun hosil kiluvchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.