Sobir Iskandarov
Sobir Iskandarov (1909-yil 11-mart — Toshkent — 1976-yil 2-iyul) — kino dublyaji rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). 1930-yildan „Oʻzbekfilm“da ishlagan. „Soʻnggi bek“ filmida aktyor, „Makrli changal“, „Tong oldidan“, „Oʻlim qudugʻi“, „Yigit“ filmlarida rejissyor yordamchisi, aktyor sifatida qatnashgan. 1936-yildan rejissyor chet el filmlarini oʻzbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. „Ikki jangchi“, „Tinch oqar Don“, „Ona kalbi“, „26 Boku komissari“, „Joʻra sarkor“, „Sevgi va soqov“, „Sofiya Grushko“ va boshqalar u rejissyorlik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, oʻzbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham qatnashgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |