Sodiq Mirahmedov
Sodiq Mirahmedovich Mirahmedov (1926-yil 8-avgust Toshkent, OʻzSSR – 1988-yil 18-iyun[1][2]) – genetik-seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), VASXNIL akademik (1978). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining agronomiya fakultetini tugatgan (1950).
Sodiq Mirahmedovich Mirahmedov | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1926-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
18-iyun 1988-yil (61 yoshda) Aniq emas |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | seleksioner, genetik |
Ish joylari | Oʻsimliklar genetikasi va fiziologiyasi instituti |
Taʼlimi | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirSodiq Mirahmedovich Mirahmedov 1926-yil 8-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1945-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kirib, uni 1950-yilda tugatgan. 1954—1964-yillarda Genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi institutida ishlagan. Bu institutda ishlagan chogʻida u oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutini tashkil etish gʻoyasini oʻrtaga tashladi va 1964-yilda yangi institut ochilishida oʻz hissasini qoʻshdi. Sodiq Mirahmedovga oʻzi yaratgan institutga rahbarlik qilishni taklif qilishdi, ammo rad javobini berib ushbu institutga ishga kirmoqchi boʻldi. Keyinchalik boshqa lavozimga tayinlandi va 1964—1976-yillarda oʻzi tashkil etgan institutda paxtaning viltga chidamliligi genetikasi laboratoriyasiga rahbarlik qildi. 1976-yilda u Butunrossiya gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib saylanib, 1987-yilgacha bu lavozimda ishlagan. 1987—1988-yillarda shu Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi IV turdagi tolali gʻoʻza navlari laboratoriyasida ilmiy maslahatchi lavozimida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlar gʻoʻzaning viltga chidamliligining irsiy tabiatini oʻrganish va uning viltga chidamli navlarini yaratishga bagʻishlangan. U 100 ta ilmiy ishlar va 6 ta ixtiro guvohnomalari muallifi hisoblanadi. 1978—1988-yillarda Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi aʼzosi boʻlgan. Gʻoʻzaning chidamli navlarini yaratganligi va ishlab chiqarishga joriy qilgani uchun 1973-yilda SSSR Davlat mukofotini qoʻlga kiritgan[3]. U shuningdek, „Shon-sharaf belgisi“ ordeni, Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan ham taqdirlangan.
Sodiq Mirahmedovich Mirahmedov 1988-yil 18-iyunda vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni.
- Lenin ordeni.
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni.
- SSSR Davlat mukofoti (1973).
Ilmiy faoliyati
tahrirOʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida ilmiy xodim (1954—1963), laboratoriya mudiri (1964—1976), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976—1986), 1986-yildan shu institutda ilmiy maslahatchi. Sodiq Mirahmedovich Mirahmedov yovvoyi Meksika gʻoʻzasi kenja turi (G.mexicanum Tod. Maiyeg)ning turlararo uzoq, geografik shakllari duragaylarida verti-sillyoz viltga chidamlilikning irsiylanishi jihatlarini aniqladi. Yovvoyi Meksika gʻoʻzasi bilan S-4727 gʻoʻza navini tur ichida uzoq geografik shakllarni duragaylash usuli orqali chatishtirib tolasi yuqori sifatli, viltga chidamli, tezpishar, serhosil, koʻsagi yirik gʻoʻza navlarini yaratishning yangi usulini ishlab chiqdi va Toshkent 1, Toshkent 2, Toshkent 3, Toshkent 6 navlarini yaratdi. „Paxtachilik ensiklopediyasi“ning (rus tilida, T., 1985) bosh muharriri boʻlgan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.
Adabiyotlar
tahrir- Razrabotka metoda vivedeniya viltou-stoychivix sortov xlopchatnika i vnedreniye ix v proizvodstvo,T., 1972; Vnutrividovaya otdalennaya gibridizatsiya xlopchatnika G. hirsutum L. na viltoustoychivost, T., 1974.
Manbalar
tahrir- ↑ „МИРАХМЕДОВ Садык Мирахмедович“. www.cnshb.ru. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Родился Мирахмедов Садык Мирахмедович (21.08.1926)“. www.agrostory.com. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Доктор сельскохозяйственных наук Садык Мирахмедович Мирахме́дов“. www.riamediabank.ru. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |