Sodiqjon Ismoilov (1942-yil 29-aprel, Qoʻrgʻontepa tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Andijon pedagogika institutining fizika fakultetini tugatgan (1964). 1964—1967-yillarda Qoʻrgʻontepa tumanidagi 15-maktabda, 1967-yildan 3-maktabda fizika oʻqituvchisi. Ismoilov fizika fanidan laborotoriya mashgʻulotlari oʻtkazish uchun toʻla shart-sharoit yarata olgan. 7-sinf laborotoriya mashgʻulotlari uchun oʻquvchilar kuchi bilan eng oddiy asboblar yasashga erishgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil