Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq.