Sofiya Okunevskaya-Morachevskaya
Sofiya Atanasovna Okunevskaya-Morachevskaya (ukraincha: Софія Атанасівна Окуневська-Морачевська, nemischa: Dr. in Sofia Okunewska-Moraczewska ; 12-may 1865-yil, Doljanka, Galitsiya Qirolligi va Lodomeriya, Avstriya imperiyasi – 24-fevral 1926-yil, Lvov) – ukrainalik shifokor, oʻqituvchi, feminist va polimat. Avstriya-Vengriyadagi birinchi universitet bitiruvchisi va birinchi ayol shifokor. Galitsiya va Avstriya-Vengriyada birinchi boʻlib saraton kasalligiga qarshi kurashda radiatsiya terapiyasidan foydalana boshlagan[1]. Sofiya, Gʻarbiy Ukrainada birinchi marta hamshiralar, doyalar uchun kurslar tashkil etib, birinchi tibbiyot kasaba uyushmasini yaratish tashabbusi bilan chiqqan. Ukraina tibbiyot terminologiyasi lugʻati muallifi. Sofiya Galitsiyadagi ilk ginekolog boʻlib, vrachlik amaliyot kursini ochadi. Shu bilan birga Lvov, Shveysariya, Chexiya va Birinchi jahon urushi davridagi Avstriya lagerlarida amaliyot oʻtkazadi[2].
Sofiya Okunevskaya-Morachevskaya | |
---|---|
Tavalludi |
12-may 1865-yil Doljanka, Galitsiya, Lodomeriya, Avstriya imperiyasi |
Vafoti |
24-fevral 1926-yil Lvov |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi, Cisleithania, Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi va Second Polish Republic |
Kasbi | vrach, oʻqituvchi, yozuvchi, fizik |
Sohasi | tibbiyot |
Institutlar | Syurix universiteti |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Biografiyasi
tahrir1865-yil 12-mayda Ukrainaning Ternopil viloyati, hozirgi Ternopil tumani, Doljanka qishlogʻida (oʻsha paytda Ternopil tumani, Galisiya Qirolligi va Vladimir, Avstriya imperiyasi) ruhoniy Atanas Danilovich Okunevskiy (qadimgi ukrainlar oilasidan kelib chiqqan) oilasida tavallud topgan. 1881-yilda Vena tibbiyot universitetini muvaffaqiyatli tugatib, tibbiyot fanlari doktori boʻlgan. Keyin Atanasning hayotida burilish yuz berib, oʻzini fanga bagʻishlaydi[3]. Atanas Bukovinada ishlagan va Sofiya esa shu sabab u yerga tez-tez borib turgan. Amakisi Kirill Danilovich Okunevskiy farmatsevtika sohasida tahsil olgan birinchi ukrainlardan boʻlgan.
1870-yilda Sofiyaning onasi Karolina Luchakovskaya vafot etdi. Oʻshandan beri Sofiya xolasi Teofiliya Okunevskaya-Ozarkevich tomonidan Ivan Ozarkevich oilasida tarbiyalangan.
Maʼlumoti
tahrirOkunevskaya 1884-yilda gimnaziya kursiga imtihon topshirishga ruxsat olib, 1885-yilda Lvov akademik gimnaziyasiga qabul qilingan. Bu butun Galitsiya boʻylab shov-shuvga sabab boʻladi (1886-yilda bu gimnaziyani faqat 13 ta qiz tugatgan). Uning oʻqituvchilaridan biri filolog Yulian Kobilanskiy (Olga Kobilanskayaning ukasi) boʻlib, Sofiyaning qobiliyatlaridan hayratda boʻlgan.
Ayollar Avstriya-Vengriyadagi universitetlarga qabul qilinmaganligi sababli, 1887-yilda Sofiya va uning qayni singlisi Natalya Kobrinskaya Shveysariyadagi universitetga oʻqishga kirishgan. Kobrinskaya iqtisod, Okunevskaya Syurix universitetining tibbiyot fakultetida tahsil oladi. Universitetni 1896-yil yanvarda tamomlagan. Shu tarzda Avstriya-Vengriyadagi birinchi ayol shifokor hamda Galitsiyadan universitetda tibbiy maʼlumot olgan birinchi ukrainalik boʻladi. Shu bilan birga adabiyotda – Yerina taxallusi ostida birinchi ayollar antologiyasi „Perviy venok“da „Pesok. Pesok!“ va „Semeynaya nevolya v pesnax i svadebnix obradax“ hikoyalari chiqqan.
Sofiya Atanasovna Syurixda ukrainofil sifatida mashhur boʻlgan varshavalik talaba Vatslav Morachevskiy bilan tanishadi va 1890-yilda ular oila qurishgan. 1895-yilda Krakovda Shevchenko bayrami paytida er-xotin Yagellon universiteti talabasi Vasiliy Stefanik bilan uchrashishadi. 1896-yil fevral oyida Okunevskaya-Morachevskaya oʻgʻil farzandli boʻlgan va ismini Yuriy qoʻygan. Oʻsha yili Sofiya Syurix universitetida anemiya taʼsirida qondagi oʻzgarishlar haqida doktorlik dissertatsiyasini nashr etttirib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Lvovning „Delo“ gazetasida yozganidek: „Sofiya ukrainalik ayollar orasida, shuningdek, Avstriyadagi ilk ayol shifokor …“.
1898-yilda Okunevskaya-Morachevskaya qizli boʻlgan va ismini Yeva qoʻygan. 1900-yildan Karlovy Varyda (Chexiya) eri bilan birga yashagan va ishlagan. Sofiya Okunevskaya Shveysariya, Chexiya va Lvovda amaliyot oʻtagan.
Tibbiy faoliyati
tahrirDiplom olganiga va hatto dissertatsiya himoya qilganiga qaramay, Okunevskaya-Morachevskaya munosib ish topa olmaydi. Kasbiy tajribasi uchun emas, ayol boʻlgani uchun Polshada tan olinmaydi.
Faqat 1903-yil 1-oktyabrda Sofiya Lvovda, amakivachchasi Yevgeniy Ozarkevich boshchiligidagi kambagʻallar uchun xususiy xayriya „Xalq kasalxonasida“ amaliyotni boshlagan[4]. Xodimlar xayriya asosida ishlagan. Okunevskaya turli boʻlimlar orasidan darhol ginekologiyan sohasini tanlagan va Galitsiyadagi ilk ayol ginekolog boʻlgan.
Xotirasi
tahrir2022-yil noyabr oyida Vena shahrida Sofiya Okunevskaya-Morachevskaya nomidagi Plast tayyorlov kursi tashkil etiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Софія Окуневська: перша українська жінка-лікарка гінеколог.“ (uk). Українки (2020-yil 8-noyabr). 2021-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ Persha lіkarka Avstro-Ugorщini// jurnal „Ukraїnskiy tijden“ 08.01.2017
- ↑ „Софія Окуневська-Морачевська: перша лікарка-жінка Галичини та Буковини Тернопіль“ (uk) (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ „Софія Окуневська-Морачевська: перша жінка-лікар Австро-Угорщини - ilvivyanyn.com“ (uk) (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.