Sogʻlom turmush tarzi
Sogʻlom turmush tarzi
tahrirSogʻlom turmush tarzi – bu xatti-harakatlarning xavf omillarini nazorat qilish orqali sogʻligʻini saqlashga va yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradigan insonning turmush tarzidir[1].
Sogʻlom turmush tarzi tamaki va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan voz kechish, sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik (jismoniy mashqlar, sport va boshqalar), ruhiy salomatlikni mustahkamlash va boshqa sogʻliqni saqlash choralarini oʻz ichiga oladi. Soʻgʻlom turmush tarzi tamoyillari odatda erta yoshda belgilanadi[1].
Sogʻlom turmush tarzini erta yoshda shakllantirish muhimdir, chunki yoshlarda shakllangan odatlar koʻpincha balogʻat yoshiga qadar saqlanib qoladi[2].
Sogʻlom turmush tarzining asosiy jihatlari
tahrirJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, yuqumli boʻlmagan kasalliklar 70% hollarda erta oʻlimga sabab boʻlmoqda. Shu bois, sogʻlom turmush tarzini oʻz ichiga olgan salomatlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. JSST insonlarga yoʻnaltirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarini rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi. Bu xizmatlar tibbiy yordam koʻrsatishdan tashqari, birinchi navbatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan[3].
Sogʻlom turmush tarzi uchun eng muhim jihatlar quyidagilardan iborat:
- tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish;
- alkogol va boshqa giyohvand moddalardan voz kechish;
- ratsional ovqatlanish;
- jismoniy faollik, oʻtirib ishlashdan voz kechish.
Nosogʻlom turmush tarzi va shu bilan birga yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfini oshiruvchi omillarga quyidagilar: notoʻgʻri ovqatlanish, kamharakatli turmush tarzi (jismoniy faollikning pastligi), chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, kofeinni (qahva, choy, energetik ichimliklar) meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, uyqu tartibining buzilishi kiradi[1][2].
Umr koʻrish davomiyligi
tahrirTadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, sogʻlom turmush tarzi umr koʻrish davomiyligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Germaniyada oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, sogʻlom turmush tarziga amal qilish 40 yoshdan keyingi umr koʻrish davomiyligini 13-17 yilga uzaytirar ekan[4]. AQShda oʻtkazilgan tadqiqot 50 yoshdan keyingi umr koʻrish davomiyligining 12-14 yilga ortganini koʻrsatmoqda[5].
Reproduktiv salomatlik
tahrirSemizlik, tamaki chekish va spirtli ichimliklar, kofeinli gazlangan ichimliklar (choy, qahva va kakaodan tashqari)[6] erkaklarning reproduktiv salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi[7].
Sogʻlom ovqatlanish
tahrirSogʻlom ovqatlanish bir qator yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishning eng muhim vositasi hisoblanib, sogʻlom umr koʻrish davomiyligini oshirishga xizmat qiladi[4][5].
Sogʻlom ovqatlanish parhezlari oʻlim xavfini (22% ga), yurak-qon tomir kasalliklarini (22% ga), saratonni (15% ga) va 2-tur qandli diabetni (22% ga) sezilarli darajada kamaytirishi mumkin[8].
Sogʻlom ovqatlanish uchun mahsulotlar
tahrirSogʻlom ovqatlanishning asosi turli xil oʻsimlik mahsulotlarini koʻp miqdorda isteʼmol qilishdan iborat. Oʻsimlik ozuqasi tarkibidagi koʻplab moddalar antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega boʻlib, qon ivishiga toʻsqinlik qiladi, qon bosimini va fermentlar faolligini boshqaradi, qondagi glyukoza miqdorini meʼyorlashtiradi, lipid profilini yaxshilaydi, genlar ekspressiyasi va signal yoʻllariga taʼsir qiladi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi biomarkerlarga taʼsir qiladi[9].
Notoʻgʻri ovqatlanish
tahrirBarcha sabablari boʻyicha oʻlim xavfining yuqori darajasi qizil goʻsht isteʼmoli, ayniqsa qayta ishlangan mahsulotlar (kolbasa, sosiska, bekon) va shirinlashtirilgan ichimliklar (ularning aksariyati gazlangan ichimliklar) isteʼmoli bilan bogʻliq[10].
Jismoniy faollik
tahrirSport bilan shugʻullanadigan kishilar bir qator kasalliklarga, jumladan yurak va onkologik xastaliklarga kamroq chalinadi. Bundan tashqari, ularning tanasi va toʻqima tarkibi koʻpincha sogʻlom boʻladi[11]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jismoniy faollik barcha tabiiy sabablarga koʻra oʻlim xavfini pasaytiradi. Xususan, haftasiga 2,5 soat (yaʼni, haftada 5 kun davomida kuniga 30 daqiqa oʻrtacha faollik) nol faollikka nisbatan barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfini 19 foizga kamaytirsa, haftasiga 7 soat oʻrtacha faollik esa bu xavfni 24 foizga pasaytiradi[12].
Yana qarang
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Приказ Министерства здравоохранения РФ от 15 января 2020 года № 8.
- ↑ 2,0 2,1 Приверженность к здоровому образу жизни среди интернов, ординаторов и аспирантов медицинских вузов.
- ↑ Здоровый образ жизни, благополучие и Цели в области устойчивого развития. — Vol. 96. — P. 590–590A. — DOI:10.2471/BLT.18.222042.
- ↑ 4,0 4,1 Kuanrong Li, Anika Hüsing, Rudolf Kaaks. Lifestyle risk factors and residual life expectancy at age 40: a German cohort study // BMC Medicine. — 2014-04-07. — Т. 12. — Vol. 1. — ISSN 1741-7015. — DOI:10.1186/1741-7015-12-59.
- ↑ 5,0 5,1 {{{заглавие}}} // Andoza:Нп3. — 2018-07-24. — Вып. 4. — DOI:10.1161/cir.0000000000000587.
- ↑ Elena Ricci, Paola Viganò, Sonia Cipriani, Edgardo Somigliana, Francesca Chiaffarino. Coffee and caffeine intake and male infertility: a systematic review // Nutrition Journal. — 2017-06-24. — Т. 16, вып. 1. — ISSN 1475-2891. — DOI:10.1186/s12937-017-0257-2. — Andoza:PMID. — Andoza:PMC.
- ↑ Gustavo Luis Verón, Andrea Daniela Tissera, Ricardo Bello, Fernando Beltramone, Gustavo Estofan. Impact of age, clinical conditions, and lifestyle on routine semen parameters and sperm kinematics // Fertility and Sterility. — 2018-07. — Т. 110, вып. 1. — С. 68–75.e4. — ISSN 0015-0282. — DOI:10.1016/j.fertnstert.2018.03.016. — Andoza:PMID.
- ↑ Lukas Schwingshackl, Georg Hoffmann. Diet Quality as Assessed by the Healthy Eating Index, the Alternate Healthy Eating Index, the Dietary Approaches to Stop Hypertension Score, and Health Outcomes: A Systematic Review and Meta-Analysis of Cohort Studies // Journal of the Academy of Nutrition and Dietetics. — 2015-05. — Т. 115, вып. 5. — С. 780–800.e5. — ISSN 2212-2672. — DOI:10.1016/j.jand.2014.12.009.
- ↑ Guo-Yi Tang, Xiao Meng, Ya Li, Cai-Ning Zhao, Qing Liu. Effects of Vegetables on Cardiovascular Diseases and Related Mechanisms // Nutrients. — 2017-08-10. — Т. 9, вып. 8. — С. 857. — ISSN 2072-6643. — DOI:10.3390/nu9080857.
- ↑ S. C. Larsson, N. Orsini. Red Meat and Processed Meat Consumption and All-Cause Mortality: A Meta-Analysis // American Journal of Epidemiology. — 2013-10-22. — Т. 179, вып. 3. — С. 282—289. — ISSN 0002-9262,1476-6256. — DOI:10.1093/aje/kwt261.
- ↑ „ВОЗ | Fizicheskaya aktivnost i vzroslie lyudi“. WHO. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
- ↑ J. Woodcock, O. H. Franco, N. Orsini, I. Roberts. Non-vigorous physical activity and all-cause mortality: systematic review and meta-analysis of cohort studies // International Journal of Epidemiology. — 2010-07-14. — Т. 40. — Vol. 1. — P. 121—138. — ISSN 0300-5771,1464-3685. — DOI:10.1093/ije/dyq104.