Sohibzoda madrasasi
Sohibzoda madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Sohibzoda madrasasi Sohibzoda guzarida[1], Buxoro amirligida mangʻitlar sulolasi davrida Sohibzoda tomonidan bunyod etilgan. Madrasa Sohibzodayi kalon goʻrxonasi hujralari nomi bilan ham nomlangan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Sohibzodayi kalon goʻrxonasi 8 hujrasida talabalar taʼlim olgani va ularga mudarrislik qilgan mulla Mutahhar nomi keltirib oʻtilgan. Sohibzoda Buxoroga Hindistondan kelgan. U Buxoro amirlari Amir Shohmurod, Amir Haydar va Amir Nasrullo davrida Buxoroda yashagan. Abu Abdurahmon Abdulloh Sohibozoda toʻgʻrisida shunday maʼlumot bergan: "U ibn as-Sohib nomi bilan mashhur Abu Abdulloh Abduqodir ibn Niyoz Ahmad ibn as-Safar al-HIndiy al-Mujaddidiydir. Tariqat ilmini otasidan olgan. Undan Ali Tuntariy, Zaynul Obidin va uning oʻgʻli Najmiddin eshon al-Uriylar taʼlim olishgan". Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazarov Sohibzoda nomi bilan bogʻliq ikki shaxni topganligini yozgan. Ular Sohibzodayi Buzrug va Miyon Gʻulom Qodir va Miyon Fazl Ahmad Buzrukdir. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa, uning avlodlari ushbu vazifani bajargan. Har bir hujrada ikki nafardan talaba istiqomat qilgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].
Sohibzoda madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Sohibzoda madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Sohibzoda |
Binokorlik tashabbuschisi | Sohibzoda |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 8 ta |