Soli Ahmedov (15-iyul 1907-yil; Fargʻona viloyati Beshariq qishlogʻi) — aktyor va rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Fargʻona teatri tashkilotchilaridan. Fargʻona xotin-qizlar klubida tuzilgan yarim professional truppada rejissyor (1929). Fargʻona teatrida aktyor va rejissyor (1931–1946, bosh rejissyor 1955–1967), Qoʻqon teatrining bosh rejissyori (1946–1955). Qahramonlarning ichki dunyosi, xatti-harakati va kechinmalarini ishonarli ifodalash Ahmedov ijodiga xos. Asosiy rollari: Gʻulom („Nomus va muhabbat“), Rustam („Rustam“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Mavlon („Shohi soʻzana“), Majididdin („Alisher Navoiy“), general Rahimov („General Rahimov“) va boshqa Sahnalashtirgan asosiy spektakllari: „Farhod va Shirin“ (Xurshid), „Maysa-raning ishi“, „Xolisxon“, „Boy ila xizmatchi“ (Hamza), „Hamza“, „Muqimiy“ (S. Abdulla) va boshqalar[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil