Solishtirma elektr qarshilik — uzunligi 1 m, koʻndalang kesim yuzi 1 m2 boʻlgan bir jinsli toʻgʻri silindrik oʻtkazgichning elektr qarshiligi. Metall va qotishmalarning koʻpchiligida bir necha Kelvin gradusi tartibidagi trada Solishtirma elektr qarshilik q. sakrab nolga aylanadi va undan ham past tralarda r=0 saqlanib qoladi. Bu hodisa oʻta oʻtkazuvchanlik deb ataladi.