Solomon Gersfeld
Solomon Abramovich Gersfeld (1881—1918) — Turkistondagi yirik sarmoyador, jurnalist va advokat. Oʻrta Osiyodagi Sionistlar komiteti raisi. Turkiston muxtoriyati moliya vaziri, huquqshunos[1].
Solomon Gersfeld | |
---|---|
Solomon Abramovich Gersfeld | |
Turkiston muxtoriyati moliya vaziri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1881-yil 27-noyabr Odessa |
Vafoti | 1918-yil |
Tarjimayi holi
tahrirSolomon Gersfeld 1881-yil 27-noyabrda Odessada tugʻilgan. U buxoro yahudiylaridandir. Gersfeld 1902-yildan boshlab Shvetsariyadagi Bern universiteti yuridik fakultetining erkin tinglovchisi boʻlgan. Solomon Gersfeld Rossiyaga qaytgach, Odessa yunkerlik bilim yurtiga imtihon topshirgan va Samarqadda joylashgan 6-Turkiston batalyoniga harbiy xizmatni oʻtagan. Uning tashabbusi bilan 1904—1906-yillarda rus tilida „Samarqand“ gazetasi nashr etilgan. U 1907-yilda Odessa shahridagi Novorossiyesk universiteti yuridik fakulteti 2-kurs talabaligiga qabul qilingan. 1908-yilda uning tashabbusi bilan „Odesskoe slovo“ gazetasini chiqarilgan. 1913-yil mayda universitetni tamomlab, Samarqadga borgan[2].
Faoliyati
tahrirSolomon Gersfeld faoliyati davomida Samarqand shahar Dumasida yahudiylar komiteti raisi, 1917-yilda Samarqand shahar Dumasi aʼzosi, 1917-yil noyabrdan Turkiston muxtoriyati moliya vaziri va Milliy majlis aʼzosi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. U Turkiston muxtoriyatining boshqa aʼzolaridan farq qilib, hukumatning birinchi tarkibida tub xaqlardan boʻlmagan yagona nomzod sifatida moliya vaziri boʻlgan. Keyinchalik u oʻz lavozimini Islom Sulton Shoahmedovga topshiradi. 1918-yil Turkiston muxtoriyati tugatilgach, qizil gvardiyachilar tomonidan qamoqqa olingan. 1918-yil 18-fevralda otib tashlangan. Solomon Gersfeld Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Melnikovo stansiyasi (hozirgi Konibodom)da dafn etilgan. Buxorolik yahudiylar talabi bilan uning jasadi 1918-yil Samarqaddagi yahudiylar qabristoniga qayta dafn qilingan. U faoliyati davomida Turkiston muxtoriyati uchun kurashlar olib bordi. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar saqlanib qolmagan[2].