Solt
Solt — Vengriyaning Baks-Kiskun tumanida joylashgan shaharcha[1].
Solt | |
---|---|
Vengriya shaharlari va qishloqlari ro'yxati|Shahar | |
46°48′3″N 19°0′15″E / 46.80083°N 19.00417°E | |
Mamlakat | Vengriya |
[[Davlat]] | [[Baks-Kiskun]] |
[[Tuman]] | [[Kalocsa]] |
Maydon | 132.67 km2 (51.22 kv mi) |
Aholisi (2008) |
6 721 |
Zichligi | 53.99 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | (+36) 78 |
Pochta indeks(lar)i | 6320 |
|
Tarixi
tahrirMintaqada tosh davridan beri aholi istiqomat qiladi. Arxeologik qazishmalar natijasida Rim tangalari, qurol-aslahalar va mumyolangan jasadlar topilgan. Pannoniya provinsiyasidan Dakiyaga boradigan yo'l Soltni kesib o'tdi[2]. Solt haqida birinchi yozma hujjatlar 1145-yilga to'g'ri keladi. Solt XI-asrdan XIII-asrgacha Kaloksa episkopi yurisdiktsiyasi ostida bo'lgan.
Mahalliy afsonasi
tahrirSoltning tashkil topishi haqida mahalliy afsonalar mavjud bo'lib. Bu "Oltin kalit afsonasi" deb ataladi. Afsonaga ko'ra, vengriyalik Bela IV Solt shahriga uni bosqinchi mo'g'ul qabilalaridan yashirgani uchun, ikkita oltin kalitni minnatdorchilik sifatida bergan. Kalitlar mahalliy Presviterian cherkovining tepasida yashiringan. Chaqmoq chaqqan vaqtda kalitlar erib ketdi va topa olishmaydi[3]. O'shandan beri ular bu kalitalr suratini faqat shahar muhrida ko'radilar.
O'rta yoshdagi aholisi
tahrirVengriya Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olinganida, Solt shaharchasi aholisining ko'p qismi halok bo'ldi. Vengriyaning Gabsburglarga qarshi qo'zg'oloni paytida shahar ko'p marta tilga olinib, Frensis II Rakoczi o'z qo'shinini mintaqada ushlab turgan.
XVIII-asrning ikkinchi yarmida Shimoliy Vengriya zodagonlari shahar va uning atrofidagi hududlarni sotib oladilar. Baron Revay, Graf Berchtold, Graf Nemes, Graf Vecsey, Graf Benyovski, Graf Czebrian, Graf Pongrácz va Graf Teleki kabi amaldorlarni oilaviying qal'alari XIX-asrda qurilgan.
1848-yilgi inqilob paytida Solt Vengriya askarlarining muhim lageri hisoblangan.
XX asrda
tahrirVengriya — Soltda o'lim va halokatga olib kelgan ikkala jahon urushida ham mag'lub bo'lgan. Shundan keyin mamlakat Sovet armiyasi tomonidan bosib olinadi va kommunizm harakat tez tarqaldi. Nihoyat, 1989-yildan keyin Vengriya mustaqillikka erishdi va Solt shaharchasi yana yuksala boshladi. Shaharchada hozir ko'plab mustaqil ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
1970-yilda 2000 kVt quvvatga ega Transmitter Solt deb nomlangan o'rta to'lqinli radioeshittirish stantsiyasi Vengriyadan aloqa signalini qabul qilish uchun qurilgan.
Taniqli insoni
tahrir- Árpád Weisz (1896-1944) vengriyalik olimpiya futbolchisi va murabbiyi.
Manbalar
tahrir- ↑ (xorvatcha) Hrvatski glasnik br.35/2007. (Wayback Machine saytida 2011-07-21 sanasida arxivlangan) Prvo mjesto na međunarodnome nogometnom turniru
- ↑ Gazetteer of Hungary, 1 January 2015. Hungarian Central Statistical Office.
- ↑ Gárdony, KSH