Solyaris (polyakcha: Solaris) — mashhur polyak fantast yozuvchisi Stanislav Lem tomonidan yozilgan asar. Ushbu asarda Solyaris nomli ongli sayyorani insoniyat tomonidan topilishi va odamlarning Solyaris bilan aloqa qilishi haqida so'z boradi. Bu asarda yozuvchi insoniyat o'zga sayyoralarda mavjud bo'lishi mumkin boʻlgan ong shakillari bizning tushunchalarimizga mos kelmasligi va ushbu ong bilan aloqa qilish muammolarini ko'rib chiqadi. Asarning ikkita ekranizatsiyasi mavjud: Tarkovskiy, Andrey Arsenyevich tomonidan 1972 yil suratga tushirilgan Solyaris (film, 1972) filmi va Soderberg, Stiven tomonidan 2002 yil suratga tushirilgan Solyaris(film, 2002) filmi.

Solyaris
Asl nomi Solaris
Muallif(lar) Stanislav Lem
Til Polyak
Janr(lar)i Ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1961
Sahifalar soni 238

Syujeti

tahrir

Roman bosh qaxramon, psixolog Kris Kelvinning sayyora yo'ldoshi boʻlgan ilmiy-tadqiqot stantsiyasiga kelishi bilan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi - stantsiya ekipajining g'ayritabiiy hatti harakatlariga izoh berish va imkon qadar ularni normal axvolga keltirish. U stantsiyaga kelgach yaqin do'stini o'z joniga suyiqasd qilganini ko'radi. Boshqa ekipaj vakillari esa u bilan aloqa qilishni istashmaydi va o'zlarini g'ayritabiiy tutishadi.

Manbalar

tahrir