Somatik nerv sistemasi
Somatik nerv sistemasi - odam va hayvonlar nerv sistemasining bir qismi. Tana muskullarini, teri va boʻgʻimlarni innervatsiyalakdi; organizmning sensor va motor funksiyalarini taʼminlaydi. Umurtqali qayvonlarda skelet koʻndalang targʻil muskullari Somatik nerv sistemasi s. x,isoblanadi. Ularni orqa miya old shoxlarining motoneyronlari va bosh miya ustuni qismining baʼzi motor yadrolari innervatsiya qiladi. Bu motoneyronlar harakatining uygʻunligi toʻgʻridantoʻgʻri yoxud muskul, paylardan axborot oladigan neyronlar, shuningdek, bosh miyaning turli qismlaridagi markazlar va boshqa sensor yoki sezuvchi motoneyronlardan keluvchi internyoyronlarning sinaptik taʼsiri vositasida yuzaga keladi. Nerv sistemasining somatik va visseral, yaʼni ichki nerv sistemasiga ajratilishi (k,. Vegetativ nerv sistemasi) shartlidir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |