Somnambulizm
Somnambulizm (lotincha: somnus uyqu va ambulo – yurmoq, lunatizm) – uyquda yurish, bunda bemor uyquda odatdagi harakatlarni gʻayri ixtiyoriy bajaradi (mas, yuradi, kiyinadi, buyumlarini olib taxlaydi) va yana oʻrniga yotib uyqusini davom ettiradi. Kuchli tovush yoki biror taʼsirlovchi yordamida uygʻotilsa, u darrov oʻziga keladi va qilgan xatti harakatlarini mutlaqo eslay olmaydi. Bunga oʻxshash holat epilepsiyasa ham kuzatiladi, shu bois uni somnambulizmdan farqlash lozim. S. juda charchab qolganda, astenik nevrozlarda, mstermyada, ogʻir kasalliklardan tuzalayotganda paydo boʻlishi mumkin. Somnambulizm uyqu paytvda markaziy nerv sistemasining tormozlanishi miyaning harakat funksiyasini belgilaydigan sohasiga tarqalmaganda roʻy beradi. Notoʻliq, yuzaki tormozlanishga uxlab yotgan odamning tushida gapirishi, oʻrnidan turib oʻtirishi misol boʻla oladi. Biroq ancha roʻyrost buzilishlar somnambulizm deb ataladi. Bunda uxlab yotgan odam oʻrnidan turib, maqsadsiz yuradi yoki koʻrgan tushiga qarab harakat qiladi, ertalab uyqudan turgach, buni zoʻrga eslaydi yoki butunlay eslay olmaydi.ga uchragan isterik tabiatdagi odam boʻlgan yuqeani lof urib gapiradi. Somnambulizm xurujlari paytida uyqudagi odam yiqilib tushishi, jarohatlanishi mumkin, Somnambulizm shundagina u uygʻonib ketadi. Baxtsiz hodisa roʻy bermasligi uchun S.ga uchragan kishi yotgan uyning derazalari va eshiklarini yopib, elektr asboblarini oʻchirib qoʻyish lozim. S. bilan kasallangan odamni xuddi uxlab yotgan odamni uygʻotgandek ohista, past ovoz bilan uygʻotish lozim. S.ga mubtalo boʻlgan odam oʻzini tekshirtirishi va davolanishi kerak.
Manbalar
tahrir