Somon yoʻli elchilari
„Somon yoʻli elchilari“ — oʻzbek yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. Muallif bu qissani 1978-yil yozgan. Asar kitob sifatida ilk bor 1979-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. „Somon yoʻli elchilari“ muallifning ikkinchi yirik qissasidir. Asar rus tiliga tarjima qilingan.[1]
Muallif(lar) | Tohir Malik |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1979 |
Sahifalar soni | 128 |
Asarda arxeolog Davronning qazishma ishlari davrida boshidan oʻtkazgan kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Davron qazishma ishlari olib borayotib oltin haykalchalar topadi. Bu buyumlar yordamida yerliklar oʻzga sayyoraliklar bilan oʻtmishda aloqada boʻlgani yoki yoʻqligini aniqlashga urinadi.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shamsi Odil – muharrir, T. Shumskaya – rassom, E. Valiyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, S. Saydalimov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.
Boʻlimlari
tahrir- „Muqaddima“
- „Vakil“
- „Umidsizlik“
- „Qaltis hazilmi“
- „Yangi avlod“
- „Burgaga achchiq qilib“
- „Meros“
- „Uloq“
- „Xotima“
Manbalar
tahrir- ↑ „Somon yoʻli elchilari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.