Son Jon-guk
Son Jon-guk (talaffuzi: Son Jon Guk) (1979-yil 20-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi janubiy koreyalik futbolchi . 2002 va 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Son Jon-guk | ||
Tavallud sanasi | 20-fevral 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Danyang, Chungbuk, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001—2002 | Busan I’Cons | 34 | (4) |
2002—2005 | Feyenoord | 53 | (2) |
2005—2010 | Suwon Samsung Bluewings | 95 | (2) |
2010 | Al-Shabab | 7 | (2) |
2011 | Ulsan Hyundai | 13 | (0) |
2011 | Tianjin Teda | 14 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
1997—1999 | Janubiy Koreya U20 | 11 | (0) |
2000 | Janubiy Koreya U23 | 2 | (0) |
2000—2007 | Janubiy Koreya | 60 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2011-yil 7-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 14-iyun uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirIlk faoliyat yillari
tahrir2000-yil iyun oyida Son Xu Jung-mu qoʻl ostida Makedoniyaga qarshi xalqaro oʻyinda maydonga tushgan. 2001-yilda Son Yonsei universitetini tamomlagandan soʻng K League klubi Pusan I’Consda professional faoliyatini boshlagan. U oʻzining birinchi mavsumidayoq K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[1]. Janubiy Koreya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Gus Xiddink uni jahon chempionati terma jamoasi aʼzosi sifatida tanlagan.
Janubiy Koreya 2002-yilgi Jahon chempionatini toʻrtinchi oʻrinda tugatgan boʻlsa, Son Janubiy Koreya jamoasining 7 oʻyinda hammasi boʻlib 687 daqiqa oʻynagan yagona oʻyinchi boʻlgan.
Feyenoord
tahrir2002-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, „Tottenxem“ va "Arsenal" Sonni olish uchun Busan I’Consga murojaat qilgan, ammo Pusan uni saqlab qolish uchun shartnomalarni ataylab kechiktirgan[2]. U Premer-liga klublari bilan kelishuvlari buzilganidan soʻng, shartnomalarini bekor qilib, Yevropa klubiga oʻtish niyatini qatʼiy bildirgan[2]. Oxir-oqibat u Eredivisie klubi Feyenoordga qoʻshilgan. U Bert van Marveyk qoʻl ostida ikki mavsumda „Feyenoord“ safida 56 ta oʻyinda maydonga tushgan. Ammo toʻpigʻidagi jarohatlar tufayli uning jismoniy holati pasayib ketgan. Murabbiylikka Ruud Gullit kelganidan soʻng u tarkibdagi oʻrnini butunlay yoʻqotgan.
Suwon Samsung Bluewings
tahrirSon 2005-yil yanvarida „Feyenoord“dan ketganidan keyin „Suwon Samsung Bluewings“da o‘ynash uchun Janubiy Koreyaga qaytgan. 2005-yil oktyabr oyida u yana toʻpigʻidagi jarohatini yangilab olgan va oxir-oqibat operatsiya qilingan. U besh oydan soʻng maydonga qaytgan.
U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoaga uning ahvolidan xavotirda boʻlishiga qaramay chaqiruv oolgan va birinchi guruh oʻyinini Togoga qarshi oʻtkazgan. U Janubiy Koreyaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. U oʻzini kutilganidan ham yaxshiroq koʻrsatgan, ammo murabbiy Dik Advokat uni keyingi oʻyinlarda maydonga tushirmagan.
Son 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Suwonning asosiy oʻyinchisiga aylangan va 2008-yilda sardorlik bogʻichini olgan. U 2008-yilgi K liga chempionati finalida gʻalaba golini kiritib, jamoasini liga chempionligiga olib chiqgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Busan I’Cons | 2001 | K Liga | 25 | 2 | ? | ? | 10 | 0 | — | — | 35 | 2 | ||
2002 | K Liga | 9 | 2 | ? | ? | 1 | 0 | — | — | 10 | 2 | |||
Jami | 34 | 4 | ? | ? | 11 | 0 | — | — | 45 | 4 | ||||
Feyenoord | 2002—2003 | Eredivisiya | 18 | 1 | 3 | 0 | — | 6 | 0 | — | 27 | 1 | ||
2003—2004 | Eredivisiya | 25 | 1 | 1 | 0 | — | 3 | 0 | — | 29 | 1 | |||
2004—2005 | Eredivisiya | 10 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | — | 14 | 0 | |||
Jami | 53 | 2 | 4 | 0 | — | 13 | 0 | — | 70 | 2 | ||||
Suwon Samsung Bluewings | 2005 | K Liga | 9 | 0 | 0 | 0 | 11 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 |
2006 | K Liga | 23 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | — | — | 31 | 0 | |||
2007 | K Liga | 24 | 0 | 2 | 0 | 9 | 0 | — | — | 35 | 0 | |||
2008 | K Liga | 23 | 2 | 1 | 0 | 6 | 0 | — | — | 30 | 2 | |||
2009 | K Liga | 9 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | 17 | 0 | ||
2010 | K Liga | 7 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | — | 17 | 0 | ||
Jami | 95 | 2 | 9 | 0 | 35 | 1 | 13 | 0 | 0 | 0 | 152 | 3 | ||
Al-Shabab | 2010—2011 | Saudiya Professional Ligasi | 7 | 2 | ? | ? | ? | ? | 3 | 0 | — | 10 | 2 | |
Ulsan Hyundai | 2011 | K Liga | 13 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | — | 19 | 0 | ||
Tianjin Teda | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 14 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | 16 | 1 | |||
Karyerada jami | 216 | 11 | 16 | 0 | 51 | 1 | 29 | 0 | 0 | 0 | 312 | 12 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Janubiy Koreya | 2000 | 2 | 0 |
2001 | 14 | 1 | |
2002 | 22 | 2 | |
2003 | 3 | 0 | |
2004 | 8 | 0 | |
2006 | 8 | 0 | |
2007 | 3 | 0 | |
Karyerada jami | 60 | 3 |
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 11.02.2001 | Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | Birlashgan Arab Amirliklari | 1-1 | 4-1 | 2001-yil Dubay turniri |
2 | 19.01.2002 | Pasadena, Amerika Qoʻshma Shtatlari | AQSh | 1-1 | 1-2 | 2002-yil CONCACAF Oltin kubogi |
3 | 29.06.2002 | Daegu, Janubiy Koreya | Turkiya | 2-3 | 2-3 | 2002 FIFA Jahon chempionati |
Yutuqlari
tahrirBusan I’Cons
- Koreya Ligasi kubogi sohibi: 2001[3]
Feyenoord
- KNVB kubogi sovrindori: 2002—2003[4]
Suwon Samsung Bluewings
- Pan-Tinch okeani chempionati : 2009[5]
- A3 Chempionlar Kubogi : 2005[6]
- K ligasi 1 : 2008[7]
- Koreya FA kubogi : 2009[8]
- Koreya Liga kubogi : 2005, 2008[8]
- Koreya Superkubogi : 2005[8]
Tianjin Teda
- Xitoy FA kubogi : 2011[9]
Janubiy Koreya U20
- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1998[10]
Janubiy Koreya
- FIFA Jahon chempionati toʻrtinchi oʻrin sohibi: 2002[11]
- OFK Osiyo Kubogi uchinchi oʻrin sohibi : 2007[12]
Manbalar
tahrir- ↑ „https://sports.news.naver.com/general/news/read.nhn?oid=001&aid=0000120668“ (ko). Naver.com. Yonhap News Agency (2001-yil 18-dekabr).
- ↑ 2,0 2,1 „https://www.youtube.com/watch?v=_hfaPl-tztw&t=120s“ (ko). YouTube.com. Kkong-byung-ji-tv (2018-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-may.
- ↑ Lee. „South Korea – List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Netherlands Cup Finals“. RSSSF (2021-yil 22-aprel). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ Saaid. „Pan-Pacific Championship“. RSSSF (2009-yil 26-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Nakanishi. „East Asian Champions Cup“. RSSSF (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Lee. „South Korea – List of Champions“. RSSSF (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Lee. „South Korea – List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (zh). Sina Sports (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
- ↑ Di Maggio. „Asian U-19/U-20 Championship“. RSSSF (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan ™ – Matches – Korea Republic-Turkey“. FIFA. 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Stokkermans, Karel. „Asian Nations Cup“. RSSSF (2019-yil 7-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.