Sophia Loren (20-sentyabr 1934-yilda tugʻilgan) italyan film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan.[1][2] 1949-yil „Goʻzallar tanlovi“da qatnashib, shu yildan filmlarda suratga tusha boshlagan. „Neapol oltinlari“, „Daryodan kelgan ayol“ filmlari unga katta shuhrat keltirgan. „Chochara“ filmidagi Chezira roli uchun „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻlgan. „Italyancha nikoh“, „Kecha, bugun, ertaga“, „Bakkacho, 70“, „Kungaboqar“, „Gʻaroyib kun“, „Rim imperiyasining qulashi“, „Lamanchli kishi“ kabi filmlar Loren ijodida alohida oʻrin tutadi. 1990-yil „Shanba, yakshanba, dushanba“ filmida bosh rolni oʻynadi.[3]

Sophia Loren

Loren 1959-yilda
Tavalludi 20-sentyabr 1934-yil (1934-09-20) (90 yosh)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Filmografiyasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Akademiya mukofoti nomzodlari hamda gʻoliblari“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 26-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2013-yil.
  2. „Oldest/Youngest Acting Nominees and Winners“ (en). Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 1-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir