Sophie Choudry
Sophie Choudry (1982-yil 8-fevralda tugʻilgan)[2] – Hindistonda yashovchi britaniyalik qoʻshiqchi va aktrisa[3]. U, asosan hind tilidagi filmlarda faol boʻlgan, shuningdek, sobiq MTV India VJ va vaqti-vaqti bilan model va teleboshlovchi.
Sophie Choudry | |
---|---|
Tavalludi |
8-fevral 1982-yil[1] |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa, Xonanda, Teleboshlovchi |
Faoliyat yillari | 1999-hozirgacha |
Yoshligi
tahrirSophie Choudry Manchesterda tugʻilib oʻsgan[4]. Uning otasi Sophia Lorenning asosiy muxlisi boʻlgan va shuning uchun uning tugʻilgan ismi „Sophia“ boʻlgan, ammo, hozir „Sophie“ deb chaqiriladi. Uning bitta akasi bor[5].
Choudry London Iqtisodiyot maktabida tahsil olgan va Yevropa siyosati va fransuz tili yoʻnalishini tamomlagan[6][7]. U London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasining oltin medali sohibidir[8]. Bundan tashqari, u Fransiyaning Parij shahridagi „Sciences Po“ da ikki yilga yaqin tahsil oldi[9]. BollySpice xabariga koʻra, Choudry hali oʻqish paytida Zee UK uchun VJ boʻlgan[10][6][11].
U toʻrt yil davomida Londonda Bharatnatyam nomidagi hind klassik raqsi boʻyicha saboq oladi, shuningdek, salsa kabi gʻarbiy raqslarni oʻrganadi[12]. Aktrisa Buyuk Britaniyada uch yil davomida Helena Sheneldan[13] Gʻarb klassik musiqasini, shuningdek, Pandit Ashkaran Sharmadan hind klassik musiqasini ham oʻrgangan[14].
Faoliyati
tahrirU oʻz karyerasini 1990-yillarning oxirida Zee Tv UK telekanalida boshlagan, shuningdek, Buyuk Britaniyada/Yevropada joylashgan Zee Top 10 chart-shou, musiqa sohasida oʻz karyerasini boshlashdan oldin bir necha yil davomida kanalda birinchi raqamli shou boʻlgan.
Choudry qoʻshiqchilik orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Aktrisa 12 yoshligida[15] uning isteʼdodini taniqli musiqa rejissori Biddu kashf etadi va u oʻzining musiqiy karerasini boshladi[16][17]. U dastlab Shweta Shetty va Alisha Chinai kabi qoʻshiqchilar musiqalarini ijro etish uchun zaxira vokalchisi sifatida faoliyat koʻrsatadi[6].
2000-yilda Choudry oʻzining „Sansara“ ayollar guruhi bilan pop qoʻshiqchi sifatida faoliyatini Choudrining oʻzi yozgan qoʻshigʻi bilan boshladi („Yeh Dil Sun Raha Hai“). „Habibi“ nomli ikkinchi hit musiqasidan soʻng guruhdan ajralib chiqadi va Choudrey 2002-yilda „Habibi“ va „Le Le Mera Dil“ uchun kliplarini suratga olib, yakkaxon qoʻshiqchilik faoliyatini boshlaydi[16]. Uning soʻnggi singli „Aaj Naiyo Sauna“[18].
Filmografiyasi
tahrir- Agar boshqasi koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha filmlar hind tilida.
Yil | Film | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2005 | Shaadi No. 1 | Dimple Kothari | |
Pyaar Ke Side Effects | Tanya | ||
I See You | Dilnaaz Bagga | ||
2007 | Heyy Babyy | Oʻzi | Maxsus koʻrinish |
Aggar | Nisha Raval | ||
Speed | Monica Monteiro | ||
2008 | Money Hai Toh Honey Hai | Oʻzi | Maxsus koʻrinish |
Kidnap | Oʻzi | Maxsus koʻrinish | |
2009 | Aa Dekhen Zara | Bindiya Avasti | |
Daddy Cool | Ayesha | ||
Chintuji | Menka | ||
Alibaug | Nisha | ||
2011 | Vedi | Oʻzi | Tamil filmi; maxsus koʻrinish |
2013 | Shootout at Wadala | Oʻzi | Qoʻshiqda alohida koʻrinish |
Once Upon ay Time in Mumbai Dobaara! | xonim Dixit | ||
2014 | 1: Nenokkadine | Telugu filmi; „London Babu“ qoʻshigʻida alohida koʻrinish |
Manbalar
tahrir- ↑ „Yuvraj Singh, Neha Dhupia, Ekta Kapoor at Sophie Choudry's birthday party“ (2014-yil 9-fevral). „Bollywood beauty Sophie Choudry celebrated her 32nd birthday with her B-town friends in Mumbai's popular Olive Bar on Saturday (February 8).“.
- ↑ „VJ Sophie: Profile“. MTV INDIA. 2009-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-mart.
- ↑ „Beach vacation pictures of Sophie Choudry will make you pack your bags!“.
- ↑ „'I'm single and loving it'“. Rediff. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr.
- ↑ „VJ Sophie: Profile“. MTV INDIA. 2009-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-mart.„VJ Sophie: Profile“.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „VJ Sophie: Profile“. MTV INDIA. 2009-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-mart.„VJ Sophie: Profile“.
- ↑ „'I'm single and loving it'“. Rediff. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr.„'I’m single and loving itʼ“.
- ↑ „Sophia with love...“. The Hindu (2004-yil 16-dekabr). 2005-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Sophie Chaudhary excited about Aa Dekhen Zara“. bollyspice.com. Qaraldi: 2009-yil 5-sentyabr.
- ↑ „"Shaadi No. 1 is something I will never regret!" – Sophie Choudry“. bollyspice.com. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Sophia with love...“. The Hindu (2004-yil 16-dekabr). 2005-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-sentyabr.
- ↑ „"Shaadi No. 1 is something I will never regret!" – Sophie Choudry“. bollyspice.com. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr."„Shaadi No. 1 is something I will never regret!“
- ↑ „The versatile veejay“. The Hindu (2002-yil 9-dekabr). 2004-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Sophia with love...“. The Hindu (2004-yil 16-dekabr). 2005-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr."Sophia with love.
- ↑ „Interviews – Sophie Chaudhary“. Mahiram.com. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ 16,0 16,1 „Sophia with love...“. The Hindu (2004-yil 16-dekabr). 2005-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr."Sophia with love.
- ↑ „"Shaadi No. 1 is something I will never regret!" – Sophie Choudry“. bollyspice.com. Qaraldi: 2009-yil 4-sentyabr."„Shaadi No. 1 is something I will never regret!“
- ↑ Sapna Choudhary (5 February 2019), Aaj Naiyo Sauna - Sophie Choudry| Aaj Naiyo Sona – Sophie Choudhary New, qaraldi: 17 February 2019
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 49 (yordam)