Sorbentlar
Sorbentlar (lot. sorbens — yutuvchi) — gaz, bugʻ va erigan moddalarni yutish uchun qoʻllanadigan qattiq yoki suyuq moddalar. Yutuvchi modda sorbent, yutiladigan modda esa sorbtiv yoki sorbat deyiladi. Adsorbsiya, absorbsiya va kapillyar kondensatsiya kabi oddiy jarayonlar yigʻindisidan iborat murakkab fizikkimyoviy jarayon sorbsiyadir. Agar sorbtivning yutilishi uning sorbent bilan taʼsirlanishi natijasida boʻlsa, bunday jarayon xemosorbsiya deb ataladi. Xemosorbsiya koʻpincha sorbent satxida sodir boʻladi. Faollangan kumir, silikagel, alyuminiy oksid, seolitlar koʻplab ishlatiladigan S.dir. Sintetik ionlovchi smolalar (qarang Ionitlar) ham muxim S. hisoblanadi. Suyuq S. kimyo sanoatida qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |