Sosoniylar
Sosoniylar - Yaqin va Oʻrta Sharqda mil. 3—7-asrlarda hukmronlik qilgan eroniy sulola; kelib chikishlari Porso viloyati (qarang Fors)dan boʻlib, Porsoning Sosoniylar urugʻidan boʻlgan 1shohi Papakning otasi Soson nomi bilan atalgan. Papakning oʻgʻli Ardashir I Sosoniylar davlatining asoschisi boʻlgan. Sosoniylar sulolasining gullabyashnagan davri Shopur I, Yazdigard II, Feruz va Xusrav I Anushirvon davrlariga toʻgʻri keladi. Sosoniylar sulolasi vakillari: Ardashir I (224—239); Shopur I (239-272), Hurmuzd I (272-273); Bahrom I (273—276); Bahrom II (276-293); Bahrom III (293); Narse (293-302); Hurmuzd II (302-309); Shopur II (309-379); Ardashir II (379-383); Shopur III (383-388); Bahrom IV (388-399); Yazdigard I (399—420); Bahrom Goʻr (421—439); Yazdigard II (439—457); Hurmuzd III (457-459); Feruz (459-484); Balash (484—488); Qubod I (488—496, 498-531); Zamasp (496498); Xusrav I Anushirvon (531—579); Hurmuzd IV (579-590); Xusrav II Parviz (591-628); Qubod II (628); Ardashir III (628-629); Yazdigard III (632-651).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |