Noʻʼmon Yunusovich Sotimov (1939.15.12, Andijon) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva universitetini tugatgan (1962). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti aspiranti, kichik ilmiy xodim (196268). Toshkent Davlat Universitetida katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1968—74). Moskvadagi Matematika institutida katta ilmiy xodim (197476). 1976-yildan Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)da dotsent, professor, dekan (1985 — 87), kafedra mudiri (1976-yildan). Ilmiy ishlari differensial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid. Optimal boshkaruv nazariyasida Bellman tenglamasi yechimlarining differensiallanuvchilik xossasini tadqiq etgan. Ziddiyatli jarayonlarga mansub taʼqib etish masalasini yechish usulini yaratgan; uchrashuvdan chetlashish masalasi yechimining mavjudligi uchun yetarli shartlar taklif etgan. Kompleks differensial tenglamalar bilan ifodalangan boshqariluvchi jarayonlarni oʻrganish nazariyasiga muqim hissa qoʻshgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

Manbalar

tahrir
  • Metodi resheniya zadachi ukloneniya ot vstrechi v matematicheskoy teorii upravleniya, T., 2000; Metodi resheniya zadachi presledovaniya v teorii differensialnix igr, T., 2003.